Reja: MAVZU: “LAZERLARNING KOSMOTOLOGIYADAGI SAMARADDORLIGI”
Kosmotologiya sohasida laserlar
Hozir va kelajakda lazerlardan foydalanish.
XULOSA
Lazer nurlari yorug‘likning boshqa manbalariga nisbatan qator muxim ustunliklarga ega:
1. Lazerlar juda kichik yoyilish burchagiga ega bo‘lgan nurlar hosil qilishi mumkin.Oyga jo‘natilgan bunday nur bor yo‘g‘i 3 kmli dog‘ hosil qiladi.
2. Lazer nuri o‘ta monoxromatiklikka ega. Atomlar chiqaradigan oddiy nurlar o‘zaro mustaqil bo‘lsa, lazerda atomlar ―o‘zaro kelishgan‖ holda nurlanadi.
3. Lazerlar eng quvvatli yorug‘lik manbalaridir. Spektrning tor intervalida qisqa vaqt davomida ba‘zi lazerlarning quvvati gacha yetadi.
Lazerli geterodinlash” fanidan o’quv qo’llanmasini tayyorlashda Davlat Ta’lim standarti (DTS), o’quv dasturi va rejasi asos qilib olindi. Bu sohadagi ilmiy, o’quv adabiyotlari, turli anjuman materiallari va internet materiallari tahlil etildi. Natijada fan dasturi tuzilib, qo’llanma mundarijasi shu dastur asosida shakllantirildi. Demak, davlat meyoriy xujjatlari va mavjud ilmiy va o’quv ta’lim-tarbiya vositalari izlanish ishi (qo’llanma yaratish faoliyati) ning ob’yekti hisoblanadi
Jarrohlik xonasida jarrohlik stol bilan bir qatorda lazer qurilmasi ham joylashtiriladi. Tibbiyotda ko'p hollarda uzluksiz maromda ishlovchi quvvati bir necha oʻn vatt boʻlgan SO2 - lazeridan foydalaniladi. Lazer nurlanishi egiluvchan yorug'lik uzatgichga tushadi. Bir necha yordamchi qurilmalar vositasida u chiqish trubkasiga oʻtib, undan keyin intensiv yorug'lik nurlanishi tarzida tashqariga chiqadi.
Lazer skalpeldan ko'p tomirli joylarni operatsiya qilishda foydalanish jarrohlarni juda qiziqtirgan muammodir. Xususan, jigar, yurak, taloqni operatsiya qilish tibbiyotning juda katta muvaffaqiyati hisoblanadi. SO2 - lazer yordamida oshqozon va ichakda 13 turli xil operatsiyalar (qirqish, rezaksiya) o'tkaziladi. Yo‘g‘on va ingichka ichakni kesish uchun lazerning chiqishdagi quvvati 9:11 Vi boʻlganida nurni bir marta o'tkazish, yo‘g‘on ichak uchun ikki marta, oshqozonni kesish esa 2-3 marta oʻtkazish yetarlidir. Masalan, ichakning devori oson kesilib, kesilgan joyi tekis va quruq boʻlib, usti yupqa jigarrang parda bilan qoplangan.
Hozirgi vaqtda lazer nurini biologik obyektlarga ta'sir etish mexanizmini batafsil, atroflicha oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Albatta, fizika qonunlariga tayangan holda to'qimalarga nurni issiqlik va zarbaviy ta'sirini tushuntirish mumkin. Ammo tirik toʻqimalarda nurlanishdan so'ng yuzaga keladigan shishish va shamollashlarni tushuntirish uchun bu qonunlar yetarli emas. Biz hali u yoki bu klinik maqsadlar uchun lazer nurining qaysi toʻlqin uzunligi, generatsiya maromini va nurlanishning qanday energiyasi mos kelishini aniq bilmaymiz.