Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalliklari, o’t pufagi va jigar kasalliklari



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə1/12
tarix02.03.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#86170
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1447864422 oshqozon-va-on-ikki-barmoqli-ichak-yara-kasalliklari-ot-pufagi-va-jigar-kasalliklariarxiv.uz


Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalliklari, o’t pufagi va jigar kasalliklari


Reja:



  1. Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligi haqida umumiy ma’lumot.

  2. Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligining etiologiyasi, klinik belgilari, davosi va oldini olish chora- tadabirlari.

  3. O’t pufagi kasallklari haqida umumiy ma’lumot, uning sabablari, klinik belgilari, davosi va oldini olish chora-tadbirlari.

  4. Jigar kasalliklari haqiida umumiy ma’lumot, uning etiologiyasi, klinik belgilari, davosi va oldini olish chora-tadbirlari.

Ovqat hazm qilish kasalliklari 1000 ta aholiga 56 ga yetdi, ayrim davlatlarda bu ko’rsatkichlar bundan ham yuqori.


Gastroenterologiya rivojlanishiga ko’pgina tibbiyot xodimlari o’z hissalarini qo’shgan. S.P.Boykin birinchi bo’lib yuqumli gepatitni alohida kasallik sifatida ko’rsatib berdi, ayrim hollarda jigar sirrozining sababi bo’lishi mumkinligini ko’rsatib berdi. V.P. Obrazsov va N.D. Strajesko tomonidan qorin bo’shilig’i organlarini chuqur paypaslashni ishlab chiqdi. Ovqat hazm bo’lishini fiziologik va patalogik asoslarini I.P.Pavlov o’rganib chiqdi.
Oxirgi yillarda ovqat hazm qilish a’zolarini maxsus rentgenologik tekshirish usullarini (rentgenkimografiya, duyedenografuya, xoledoxoduodengografiya, angiografiya) ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari endoskopiyaning yangi shakllari(ezofagofibroskopiya, gastroduodenoskopiya, kolonoskopiya) keng qo’llanilmoqda. Yangi usullardan bionsiya olib tekshirish usuli radiozoton tekshirishi, exografiya, kompyuter tomografiya ishlatilmoqda.
Hozirgi davrda gastrit sekretin pankreozimin garmonlarini o’rganish chuqurroq o’rganib borilmoqda.
Ovqat hazm qilish tizimidagi kasalliklarni paydo bo’lishida nasliy omillarning roli borligi to’g’risidagi fikrlarga ko’proq e’tibor berilmoqda.
1966 yilda gastroenterologlar jamiyati tashkil etilgan. Oxirgi yillarga kelib gastroenterlogik ilmiy tekshirish institutlari tashkil etilmoqda. Hozirgi kunda gastroenterologik bemorlarni bosqichma-bosqich davolash (shifoxonada sanitariya poliklinikaga) keng yo’lga qo’yilmoqda.
Ovqat hazm qilish organlari og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach me’da va ichak qismlaridan iborat bo’lib, ular oziq moddalarning maydalash va hazm qilish vazifasini bajaradi. Me’dada qisman hazm bo’lgan oziq moddalar ichaklar orqali harakatlanib, yo’g’on ichakda so’riladi. Qoldig’i esa to’g’ri ichak orqali tashqariga chiqariladi.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin