Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalliklari, o’t pufagi va jigar kasalliklari



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə8/12
tarix02.03.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#86170
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1447864422 oshqozon-va-on-ikki-barmoqli-ichak-yara-kasalliklari-ot-pufagi-va-jigar-kasalliklariarxiv.uz

Davolash va oldini olish. Parhez muhim o’rin tutadi. Bemor iste’mol qiladigan taomlar kaloriyali, mineral tuzlar (ayniqsa kaliy, kalsiy va fosfor) ga boy bo’lishi, tarkibidagi oqsil 150 g dan kam bo’lmasligi lozim. Pishloq meva sharbati, oshlovchi moddali mevalar (chernika, behi, nok va boshqalar) iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kasallik zo’raygan davrda oziq mahsulotlari maydalangan holda beriladi. Vitaminlardan B, C, B12 nikotin kislota, riboflavin, folat kislota buyuriladi. Organizmda suv kamayib ketsa, teri ostiga fiziologik eritma yuboriladi. Ich ketganda antibiotiklar (levomitsitin, biomitsitin) sulfanilamidlar (sulgin, ftalazol) va pankreatin, vismut preparatlari ichiriladi. Qon kamaysa, temir preparatlari askorbin kislota bilan qo’shib beriladi.
Enteritning oldini olish uchun birinchi navbatda ovqatlnish gigiyenasiga rioya qilish: ovqatlanish oldidan qo’lni yuvish, oziq-ovqat mahsulotlari yangi va toza bo’lishi, ularni yaxshilab chaynab yeyish kerak. Iste’mol etiladigan meva va sabzavotlarni vodoprovot suvida albatta yaxshilab yuvish shart.


Kolit
Yo’g’on ichak shilliq qavatining yallig’lanishi (kolit) klinik kechishiga ko’ra o’tkir va xronik bo’ladi.
O’tkir kolit. Etiologiyasi va potogenezi. O’tkir kolit ko’pincha dizenteriyadan so’ng paydo bo’ladi, biroq uning vujudga kelishiga patogen bakteriyalar (ichak tayoqchasi, stafilokokk, streptokokk), ovqat toksikoinfeksiyasi ham sabab bo’lishi mumkin. O’tkir kolit aksariyat yoz faslida sifatsiz sabzavot-mevalar va eski go’sht, baliq mahsulotlari iste’mol qilish tufayli paydo bo’ladi. Qo’rg’oshin va smobdan zaharlanish, allergik faktorlar oqibatida ham ro’y berishi mumkin. Basharti, yallig’lanish protsessi hazm yo’lining boshqa qismlari (me’da ingichka ichak)ga tarqalsa, gastroenterokolit paydo bo’lganligidan dalolat beradi.
Belgilari. O’tkir kolitning asosiy belgilaridan biri soxta hojatga borish istagi (tenezm) bilan ich ketishidir. Axlatda shilimshiq ko’p va qon aralash bo’ladi. Qon aralash ich ketishi ko’proq dizenteriya koliti uchun xos, biroq bu etiologiyasi boshqacha o’tkir kolitda ham ba’zan kuzatiladi. Bunday bemorlarda sutkasiga 20 marta va undan ham ko’p ich ketadi. Axlat konsistensiyasi bir xil emas. Qorin ushlab ko’rilganda, yo’g’on ichak yo’li bo’ylab og’riq borligi aniqlanadi. Gavda temperaturasi ko’tarilib, ba’zan
38 -390 ga yetadi. Til qurib, karash boylaydi, ishtaha yomonlashadi. Bemorning darmoni quriydi. Kasallik bir necha kunga cho’ziladi. Odatda bemor tuzalib ketadi. Biroq kasallik xronik formaga o’tib ketishi mumkin. Ba’zida klinik ko’rinishi aniq bo’lmagan dizenteriya kolitini o’z vaqtida aniqlash juda muhim. Buning uchun axlatga qon aralashib ketadigan har qanday kolitda, axlatni dizenteriya tayoqchasi bor-yo’qligiga tekshirish zarur.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin