Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalliklari, o’t pufagi va jigar kasalliklari



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə5/12
tarix02.03.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#86170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1447864422 oshqozon-va-on-ikki-barmoqli-ichak-yara-kasalliklari-ot-pufagi-va-jigar-kasalliklariarxiv.uz

Asoratlar. Me’da va o’nikki barmoq ichak yarasidan qo’yidagi asoratlar qoladi: ichakdan qon ketadi, yara teshiladi, pilorus torayadi. Ba’zi hollarda me’da raki kelib chiqadi.
I ch a k d a n q o n k e t g a n d a: bemor qon qusadi, rangi oqaradi, boshi aylanadi, temperaturasi pasayadi, pul’si tezlashadi va hushdan ketadi; axlati qoramtir bo’ladi.
Ya r a t e sh i l g a n d a: qattiq og’riq tutadi, kollaps holati ro’y beradi, qorin devori muskullari g’oyat taranglashadi, puls va temperatura pasayadi, qo’l-oyoq soviydi va ko’z kirtayadi. Yaraning teshilish protsessi uning me’da yo’li o’nikki barmoq ichak seroz pardasigacha yetib borib, qorin bo’shlig’ida yorilishidan iborat. Teshilish to’satdan tig’ urgandagi kabi og’riq bilan boshlanadi.
P i l o r u s t o r a y g a n d a: bemor qayt qiladi, nordon kekiradi, og’zi bemaza bo’ladi, siydigi kamayadi, ichi qotadi, qusuq massasida ancha ilgari yeyilgan ovqat qoldiqlari bo’ladi. Me’da muskullari zaiflashishi tufayli u kengayadi va pastga tushadi.
Oldini olish va davolash. Yaraning oldini olish uchun mehnat qilish, dam olish va ovqatlanish rejimiga qatiyan rioya qilish kerak.
Kasallikning o’tkir formasida bemor kasalxonada davolandi. Unga orom beriladi, parhez buyuriladi. Bemor taomi yumshoq qilib pishirilgan va ko’p sekret ajratishga imkon bermaydigan bo’lishi lozim. Yara kasalliklarida № 1a-№ 1b parhez stoli tavsiya etiladi. Bemorga eziltirib pishirilgan sutli bo’tqani sariyog’ bilan, yormalardan tayyorlangan ovqatlar va 2-3dona tuxum ilitib beriladi. Tuz miqdori 7-8 grammdan oshmasligi kerak. Kuniga 4-5 marta ovqatlanish lozim.
Og’riq qoldirish maqsadida atropon, anestezin, platifillin beriladi. Me’da shirasida kislotani kamaytirish uchun me’da ishqorlanadi. Markaziy va vegetativ nerv sistemasi faoliyatini yaxshilash maqsadida bromid novokain, uyqu dorilari ichiriladi va inyeksiya qilinadi. Me’da shilliq qavatini (0,12-400,0 suvdagi eritmasi) beriladi. Basharti, jig’ildon qaynashi avj olib, me’da shirasida kislota ortib ketsa, ishqoriy va mineral suvlar ichish buyuriladi. Fizioterapiya: iliq proseduralar, parafin, ozokerit, diatermiya qo’llaniladi. Aksari hollarda bemorlar sanatoriy va kurortlarda (Jeleznovodk, Borjomi, Yesentuki va boshqalarda) davolanadi. Bemorga dori-darmon foyda bermasa, xirurgik usul qo’llaniladi. Yara kasalligiga duchor bo’lgan bemorlar doim dispanser nazorati ostida bo’ladi.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin