Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalliklari, o’t pufagi va jigar kasalliklari



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə3/12
tarix02.03.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#86170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1447864422 oshqozon-va-on-ikki-barmoqli-ichak-yara-kasalliklari-ot-pufagi-va-jigar-kasalliklariarxiv.uz

Xronik gastrit. Etiologiyasi. O’tkir gastritning keltirib chiqargan sabablar yo’qotilmasa, kasallik xronik formaga o’tib ketishi mumkin. Xronik gastrit ko’pincha me’da shilliq qavatining sekin-asta yallig’lanishi oqibatida paydo bo’ladi. Me’da shilliq qavatining yallig’lanishiga esa ba’zan professiya (kasb) ham sabab bo’ladi, chunki issiq sexlarda ishlovchilarda ham kasallik uchrab turadi.
Nikotindan zaharlanish va o’tkir gastritni davolashni oxiriga yetkazmaslik ham xronik gastritga sabab bo’ladi. O’pkaning yiringli kasalliklarida bemor ba’lg’am bilan patogen mikroblar yutganda han xronik gastrit vujudga keladi. Xronik gastrit me’da yarasi va rak paydo bo’lishiga zamin yaratadi.
Belgilari. Ishtahaning pasayishi, kekirish, jig’ildon qaynashi, ba’zan ko’ngil aynishi va qayt qilish, me’da osti sohasida og’irlik sezish va boshqalar. Odatda yuqoridagi belgilar ko’pincha bemor parhezni buzishi oqibatida ro’y beradi. Kasallik bemor ovqatlangandan bir oz vaqt keyin og’riq paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Kislotali gastritda ko’pincha kekirish nordon bo’lib, qusuq massasidan ham nordon hid kelib turadi. Xronik gastritda ba’zan me’dada chirish protsessi ro’y berishi tufayli kekirish badbo’y bo’ladi (sassiq kekirik). Bemorning tili qalin karash bog’laydi. Kasallik yillar davom etishi, bemor ahvoli vaqti-vaqti bilan yaxshilanib turishi mumkin. Bu hol bemorning turmush sharoitiga hamda vaqtida tegishli davo choralari ko’rilishiga bevosita bog’liq.
Oldini olish va davolash. Xronik gastritning oldini olish uchun o’tkir gastritni o’z vaqtida davolash kerak. Ovqatlanish gigiyenasi qoidalariga amal qilish, spirtli ichimliklar ichmaslik, og’iz bo’shlig’ini toza tutish, tishlarni davolash, ovqatni yaxshilab chaynab yutish kasallikning oldini olishda birdan-bir choralardir. Xronik gastrit qaytalaganda vaqtda qayta parhez buyuriladi (stol №1-2). Bemorlar achchiq va qiyin hazm bo’ladigan ovqatlarni yemasligi kerak. Dori-darmonlardan gangleron, arenal va vitaminlar (askorbin kislota, nikotin kislota, V12, V6 vitamin), kislota kamayib ketganda me’da shirasi, xlorid kislotaga suniy pepsin qo’shib beriladi. Ayrim hollarda bemorlarga Jeleznivodsk, Borjomi, Esentuki kabi kurortlarda davolash tavsiya etiladi.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin