Hozirgi vaqtda qurilish materiallari va ximiya sanoatining barcha texnologik jarayonlarida mavhum qaynash usuli keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa issiqlik almashinish, quritish, adsorbsiyalash, absorbsiyalash kabi jarayonlarda mavhum qaynash usulining ishlatilishi katta natijalar bermoqda. Mavhum qaynash jarayonida fazalar o‘rtasidagi o‘zaro kontakt yuzasi katta bo‘lishi tufayli mavxum qaynash jarayon bir necha marta tezlashadi, natijada apparatning unumdorligi oshadi. Mavhum qaynash jarayonida qatlamning gidravlik qarshiligi nisbatan katta bo‘lmaydi. Donasimon zarrachalarda mavxum qaynash qatlamini hosil qilish uchun ixtiѐriy shakldagi (masalan,ssilindrsimon) vertikal idishga donasimon qattiq material solinadi. Material teshikchalar o‘lchami material o‘lchamidan kichik bo‘lgan to‘r ustiga joylashtiriladi. Agar to‘r orqali pastdan yuqoriga qaratib kichik tezlik bilan gaz yoki suyuqlik oqimi yuborilsa, material qatlami aytarli o‘zgarmay qoladi (1-rasm, a). Gaz oqimi tezligini asta-sekin ko‘paytirib borilsa, tezlik ma’lum qiymatga ega bo‘lganda qatlamdagi materialning og‘irligi oqimning gidrodinamik bosim kuchiga teng bo‘lib qoladi, shuning uchun qattiq zarrachalarni muvozanat holati buziladi va ular har xil yo‘nalishida siljiy boshlaydi.
Gaz tezligini yana oshirsak qatlam kengayada, zarrachalar harakatining intensivligi ortadi, bunda gidrodinamik muvozanat buzilmaydi. Bunday sharoitda qatlam mavhum qaynash holatini egallaydi, ya’ni qatlam xuddi qaynayotgandek bo‘lib ko‘rinadi (1-rasm, b).
Qatlamning o‘zgarmas holatdan mavhum qaynash holatga o‘tishiga to‘g‘ri keladigan gaz yoki suyuqlikning tezligi