1. Yiringli yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar Jarohat infeksiyalari Laboratoriya tashxisi (qoqshol, gazli gangrena). Xirurgik infeksiya haqida tushuncha. O‘tkir yiringli infeksiya qo‘zg‘atuvchilariga stafilokokklar, strepto kokklar, diplokokklar va boshqa qo‘zg‘atuvchilar kiradi. Odam organizmiga mikroblar jarohatlangan teri va shilliq pardalar orqali kiradi hamda limfatik va qon tomirlari bo‘ylab tarqaladi. Bakteriyalar tushi shiga organizm reaksiyasi, mikroblar turi, chidamliligi va miqdoriga, organizm holatiga (yoshi, ovqatlanishi, qarshilik ko‘rsatishi, qabul qilishi) bog‘liq. Yallig‘lanishning mahalliy belgilari: qizarish, shish, og‘riq, mahalliy haroratning ko‘tarilishi, organ faoliyatining buzilishi. Furunkuloz. Gavdaning turli joylarida bir necha chipqonlarning paydo bo‘lishi furunkuloz deyiladi. Furunkuloz, odatda, holdan toyganva zaiflashgan bemorlarda, ayniqsa, diabetli bemorlarda paydo bo‘ladi. Davosi. Furunkulozni davolashda mahalliy davolashdan tashqari, organizmning umumiy holatini yaxshilashga qaratilganumumiy tadbirlar ko‘rish zarur. "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 170 Oqsillar va vitaminlarga boy ovqatlar tayinlanadi, autogemoterapiya, ultrabinafsha va lazer nurlari qo‘llanadi, anatoksin, gamma-globulin yuboriladi, autovaksina bilan immunizatsiya qilinadi, umumiy antibiotikoterapiya va boshqalardan foydalaniladi. Karbunkul - soch xaltachalari va atrofidagi yog‘ to‘qimalarni qamrab olgan o‘tkir yiringli-nekrotik yallig‘lanishdir. Karbunkullar aksari keksalarda yoki ozib ketgan, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaydigan va qandli diabet bilan og‘rigan kishilarda hamda bolalarda kuzatiladi. Aksariyat karbunkul bo‘yinning orqa yuzasi, yelka, dumba, son sohalarida paydo bo‘ladi. Klinikasi. Kasallik bir yiringli yaradan boshlanib, asta-sekin yon-atrofdagi soch xaltachalarini va yog‘ bezlarini egallaydi. Kasallikavj olgan davrida qizg‘ish-ko‘kimtir va ko‘p yiringli nuqtalari bo‘lgan chegaralangan yallig‘langan o‘smasimon hosila paydo bo‘ladi. Yallig‘lanish jarayoni qattiq og‘riq, yuqori harorat, umumiylohaslik bilan o‘tadi. Yuz va bo‘yindagi chipqon va karbunkullar, ayniqsa, xavfli. Bunda yiringli jarayon yuz va bo‘yinda joylashganda venoz Sistema bo‘ylab miyaga va uning pardalariga tarqalishi mumkin. Bu ko‘phollarda o‘limga olib keladi. Davosi kompleks usulda olib boriladi. Umumiy antibiotiko-terapiya o‘tkaziladi. Bunda seftrakson va gentamitsin bemorning yoshiga va vazniga ko‘ra sutkasiga 2 marta (har 12 soatda) mushak orasiga yuboriladi. Antibiotiklarni infeksiya o‘chog‘iga elektroforez orqali muntazam ravishda yuborish yaxshi nafberadi. Vitaminlar, parhez ovqatlar va mahalliy fizioterapevtik davo buyuriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlar yaxshi naf bermaganda operatsion davo qilinadi. Gidrodenit ter bezlari, ayniqsa, qo‘ltiqosti ter bezlarining o‘tkir yiringli yallig‘lanishidir. Klinikasi. Qo‘ltiqda ko‘kimtir-qizg‘ish rangli, yuzasi silliq, kichkina, zich yallig‘lanish paydo bo‘ladi. Keyinchalik uning yonida huddi shunga o‘xshash tuzilmalar ko‘payadi. Ular bir-biriga qo‘shilib, bitta yallig‘lanish infiltratini hosil qiladi. Infiltratning bir necha joyi yumshab, ulardan kam-kam yiringli suyuqlik chiqadi. Kasallik uzoq vaqt davom etib, tez-tez xuruj qiladi. Davosi. Umuman quvvatga kiritadigan terapiya, qisqa yoki muntazam novokain blokadasi ishlatiladi. Yiring hosil qilish bosqichida bu maydonlar kesilib, keyin fizioterapiya davosi ultrabinafsha va yarim o‘tkazgichli lazer nurlar, sollyuks va UVCH-terapiya qo‘llaniladi. Abssess. Piogen parda bilan chegaralangan yiringli bo‘shliq gavdaning har qanday qismida joylashishi mumkin. Abssesslar to‘qimalar va a’zolarga stafilokokk va streptokokk tushishi natijasida paydo bo‘ladi, uni boshqa qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqarishi kam kuzatiladi. Teri va shilliq pardalarning yaralanishlari, yot jismlar (zirapcha, o‘q va hokazolar), dori moddalari ineksiya qilingan joylar infeksiya "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 171 kiradigan darvoza hisoblanadi. Infeksiya gavdaning bir joyidan ikkinchi joyiga limfogen (limfa tomirlardan) yoki gematogen yo‘l bilan (qon tomirlaridan) o‘tganda aksariyat metastatik abssesslar kuzatiladi. Abssess yuza joylashganda yallig‘li irigandan so‘ng fluktuatsiya o‘chog‘i hosil bo‘ladi. Ko‘pincha abssesslar terini eritadi, yiringli suyuqlik tashqariga chiqadi va o‘zo‘zidan tuzalishi mumkin. Ichki a’zolar: jigar, taloq, miya va hokazolarda joylashgan abssesslarda umumiy yiringli infeksiyaning klinik manzarasi birinchi o‘rinda turadi (yuqori harorat, et uvushishi, tez-tez ter-ash, leykotsitoz). Davosi. Yallig‘lanishning boshlang‘ich davrlarida antibiotiklar va preparatlar qo‘llaniladi. Yiring hosil bo‘lganda kesiladi, keyin yiringli jarohatlarni davolash usulida davo qilinadi. Flegmona biriktiruvchi to‘qima bo‘shliqlari (teriosti, yog‘ kletchatkasi, mushaklararo, qorin pardasi orqasi va boshqa to‘qimalarning o‘tkir sidirg‘a yiringli yallig‘lanishidir. Abssessdan farqliravishda bu kasallikda yiringli bo‘shliq piogen pardasiz chegaralanmagan tarqalishga moyil bo‘ladi. Flegmonalarni abssesslarni keltirib chiqaradigan omillar paydo qiladi. Stafilokokk va streptokokkdan tashqari, yallig‘lanish jarayonini ichak tayoqchasi, ko‘kyiring tayoqchasi, gonokokk va boshqalar keltirib chiqarishi mumkin. Yiringlanishning tarqalishi mikroorganizmlarning virulentligiga, kimyoviy kuchlarining birmuncha pasayganligiga va joylashgan sohasining xususiyatiga bog‘liq. Klinikasi. Kasallik klinikasi infeksiyaning turi, yallig‘lanish jarayonining chuqurligi va joyi, shuningdek, organizmning infeksiyaga bo‘lgan reaksiyasiga bog‘liq. Bunda umumiy belgilardan yuqori harorat, et uvushishi, ishtaha yo‘qolishi, bosh og‘rishi kuzatiladi. Flegmona yuza joylashganda shu joy shishadi, teri aniq chegaralarsiz qizaradi, bezillab og‘riydi va mahalliy harorat ko‘tariladi. Keyinchalik yumshaydi va bilqillash qayd qilinadi. Jarayon to‘qimalar bo‘ylab tez tarqaladi. Davosi. Kasallikning birinchi bosqichida mahalliy novokain blokadasi qilinadi. To‘qimalarning yiringli irishida yiringli bo‘shliq yetarlicha kattalikda kesib ochiladi, shundagina yiringning yaxshi chiqishi uchun sharoit yuzaga keladi. Jarohat cho‘ntaklari ochiladi, bo‘shliqlar yiringlardan tozalanadi va gipertonik eritma shimdirilgan doka bilan tamponlanadi. Zarurat bo‘lganda qo‘shimcha kesmalar - kontraperturalar qilinadi. Keyingi davolash yiringli jarohatlarga davo qilish usuliga binoan olib boriladi. Saramas deganda, teri yoki shilliq pardalar va limfa yo‘llarining gemolitik streptokokk vujudga keltirgan o‘tkir yallig‘lanishi tushuniladi. Hasharotlar chaqqanda terini qichish va mikro jarohatlar infeksiya darvozasi hisoblanadi. Bemor organizmining holati saramas paydo bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi. Saramas bilan og‘rigan bemorda qayta kasallanishga moyillik bo‘ladi. "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 172 Saramasda ko‘proqyuz, bosh, terisi, kamroq badan terisi shikastlanadi. Inkubatsiya davri 2-7 sutkani tashkil qiladi. Klinikasi. Kasallik et uvushishi va haroratning 40-41°C gacha ko‘tarilishi bilan o‘tkir boshlanadi. Shu vaqtning o‘zida teri qizaradi va biroz shishadi. Teri tarang tortiladi, achishib og‘riydi, ushlab ko‘rilganda issiq seziladi va keskin chegara bilan ajralib turadigan qip-qizil tusga kiradi, uning atroflarida terining milk shaklida shishishi kuzatiladi. Saramasli yallig‘lanishga zotiljam, flegmona, abssesslar, sepsis qo‘shilishi mumkin. Saramasli yallig‘lanishning bir odamdan ikkinchisiga o‘tishi mumkinligini unutmaslik, shunga ko‘ra bemornia lohida ajratib qo‘yish lozim. Davosi. Saramasli yallig‘lanishga uchragan joy ultrabinafsha nurlar bilan suberitem dozada nurlantiriladi, unga yod eritmasi yoki Vishnevskiy mazi bilan komfora moyi, 5% li kaliy permanganat eritmasi surtiladi. Antibiotiklar va sulfanilamidlar bilan umumiy davo olib boriladi. Flegmonoz va nekrotik shakllarida operatsiya yo‘li bilan davolash usulidan foydalaniladi. Limfangoit - limfa tomirlarining yallig‘lanishi. Limfangoit boshqa yallig‘lanish jarayoni (karbunkul, flegmona va hokazolar) ning ikkilamchi oqibati hisoblanadi. O‘tkir limfangoit mayda tomir va yirik tomir - trabekular limfangoitga, shuningdek,yuza va chuqur limfangoitga bo‘linadi. Mayda tomir limfangoitida mayda limfa kapillarlari, yirik tomir limfangoitida yirik limfa tomirlari yallig‘lanadi va shikastlanadi. Yuza limfangoitda jarayon terida joylashgan limfa tugunlarini, chuqur limfangoitda yallig‘lanish ichkarida joylashgan to‘qimalarni egallaydi. Klinikasi. Limfangoitda yallig‘lanish maydonida chegarasi noaniq, limfaning sog‘lom qismlariga o‘tadigan katta qizarish o‘chog‘i paydo bo‘ladi. Tomirli limfangoitda tugunlarga boradigan yo‘l-yo‘l qizargan maydonlar aniq ko‘rinadi. Bu maydonlarda to‘qimalar zichlashgan va bezillaydigan bo‘ladi. Chuqur limfangoit, odatda, yumshoq to‘qimalarning bo‘rtib chiqishi bilan o‘tadi. Haroratning ko‘tarilishi, et uvushishi, bosh og‘rishi, leykotsitoz kuzatiladi. Davosi. Limfangoitga olib keladigan asosiy yallig‘lanish o‘chog‘ini tugatish, osoyishta sharoit yaratish, kasallangan oyoq yoki qo‘lni shina yoki gips bog‘lam bilan immobilizatsiya qilish, yallig‘lanish sohasiga Vishnevskiy mazi surtilgan bog‘lam qo‘yish, antibiotiklar va sulfanilamidlar bilan davo qilish zarur Limfadenit - limfa tugunlarining yallig‘lanishi. U tugunlarga birlamchi yallig‘lanish o‘chog‘idan: furunkul, karbunkul, abssess, flegmona va hokazolardan mikroorganizmlar hamda ularning zaharlari tushishi natijasida paydo bo‘ladi. Klinikasi. Limfa tugunining kattalashishi, uni paypaslaganda og‘rishi, yallig‘lanish jarayonining limfa tugunidan atrofidagi kletchatkaga o‘tishi kuzatiladi. Qator hollarda limfa tuguni yiringlab, shu joyda fluktuatsiya (bilqillash) paydo bo‘ladi. "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7 www.openscience.uz 173 Ba’zan limfadenit birlamchi o‘choqda yallig‘lanish jarayoni yo‘qolib borayotgan paytda hosil bo‘lishi mumkin. Davosi. Birlamchi yallig‘lanish o‘chog‘ini tugatish kerak. Limfadenitning boshlang‘ich turida umumiy va mahalliy konservativ davo qilinadi. Antibiotiklar va sulfanilamidlar buyuriladi. Xasmol. Xasmol deganda, barmoqlarning yiringli kasalligi tushuniladi. Zararlangan chuqurligiga qarab teri, teriosti,tirnoq (paronixiya), pay, suyak va bo‘g‘im xasmollari farqlanadi. Stafilokokk, ayrim paytlarda streptokokk yiringlanishni keltirib chiqaruvchi omil hisoblanadi. Yallig‘lanish jarayoni, asosan, qo‘l kafti yuzasida, lekin shishko‘proq uning orqa yuzasida bilinadi. Bu terining qattiqligi va biriktiruvchi to‘qimali devorlarning teridan ichkariga, chuqurga qarab ketishi bilan tushuntiriladi. Shu xususiyatlari bo‘lganligi uchun shish suyuqliklari kaft sohasidan limfa yoriqlari orqali barmoqning orqasiga qarab chuqurlashib boradi. Odatda, shish barmoqning anchagina qismini egallaydi. Klinikasi. Xasmolda kuchli og‘riq va anchagina shish kuzatiladi. Ko‘pincha jarayon yiringlashga o‘tganda pulsatsiyalanuvchi og‘riq paydo bo‘ladi. Bunda faqatgina barmoq emas, balki butun panja hamda bilak funksiyasi buziladi. Jarayon qanchalik yuza joylashsa, giperemiya shunchalik sezilarli darajada bo‘ladi. Og‘riq esa, shuncha past bo‘ladi. Shish anchagina bo‘lganligi uchun eng qattiq og‘riq nuqtasini toppish qiyin. Bunday paytlarda zond asta-sekinlik bilan barmoq terisining har xil joylariga tekkizib qo‘yiladi. Davosi jarayonning qay darajada ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Infiltratsiya va shish aniqlanganda yarimo‘tkazgichli lazer, UVCH, novokain blokadasi, spirtli kompress va issiq vanna tavsiya qilinadi. Yiring paydo bo‘lganda o‘choq kesib ochilib, drenaj qo‘yiladi va antibiotiklar beriladi.