1. Yiringli yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar


Xavo-tomchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari



Yüklə 349,12 Kb.
səhifə2/24
tarix14.12.2023
ölçüsü349,12 Kb.
#176806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
1-27 mavzu

2.Xavo-tomchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari.
Havo tomchi yo’li orqali yuqadigan yuqumli kasalliklarda mikroblar bemor organizmidan nafas yo’llari orqali chiqib, havo tomchi yo’li bilan tarqaladi. Sog’lom odam organizmiga mikrob nafas yo’llari orqali tushadi. Bolalarda uchraydigan yuqumli kasalliklarga qizamiq, qizilcha, suvchechak, ko’kyo’tal, bug’ma, meningakokliinfeksiya, gripp va boshqa bir qator kasalliklar kiradi. Qizamiq Isitma ko’tarilishi, intoksikatsiya, yuqori nafas yo’llari shilliq qavatining zararlanishi, terida qizil toshmalarni paydo bo’lishi xarakterlanadigan o’tkir yuqumli kasallikdir. Etiologiyasi. Kasallik qo’zg’atuvchisi juda “uchuvchan”, tashqi muhitga chidamsiz bo’lgan filtirlanuvchi virusdir. Qizamiq virusi piramiksoviruslar oilasiga kirib, tarkibida RNK – polimeraza, murakkab antigenlar tutadi. Virionning asosiy subbirliklari – gemaglyutilin, gemolizin, nukleokaspid va membrane oqsili immunogenligi darajasi bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Qo’zg’atuvchi antibiotiklarga ancha chidamlidir. Epidemiologiyasi. Kasallik manbai faqat qizamiq bilan og’rigan bemor bo’lib, u kasallikning birinchi belgilari paydo bo’lgan davridan boshlaboq atrofidagilar uchun xavfli bo’lib qoladi. Ammo xastalikning 5 kuniga kelib (pnevmoniya asoratlari bo’lgan2-kunidan boshlab), yuqumlilik xususiyatiniyo’qotgan va atrofidagilar uchun xavfsiz bo’lib qoladi. Infeksiya asosan havo tomchi yo’li bilan tarqaladi. Kasallikka moyillik onalari qizamiq bilan og’rib o’tgan, uch oylikkacha bo’lgan chaqaloqlardan boshqa hamma yoshdagi odamlarda ham juda yuqoridir. Yuqumli darajasi 90-95% ni tashkil qiladi. Qizamiq bilan ko’proq kasallanish 1 yoshdan tortib 4-8 yoshgacha bo’lgan bolalarda qayd etiladi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri9-10 kunida14 kungacha kamdan-kam 17 kungacha, passiv immunizatsiyaolgan bolalarda 21 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallik uch davrga bo’linadi. 3 kundan 5 kungacha cho’ziladigan katta prodromal davri, toshma toshish( 3 kun) davri va 2 haftagacha cho’ziladigan rekonvalessentsiya davri shular jumlasidandir. Kasallikning birinchi davriga behollik, isitmaning ko’tarilishi, tumov, yo’tal va konyunktivit xos bo’ladi. Yana muhim tasgxisiy belgilaridan biri lunj shilliq pardasi qizil rangli ingichka gardish bilano’ralgan mayday dog’-Belksiy-filatov-koplik dog’lar va qattiqtanglayda egzatemalarning paydo bo’lishidir. Toshma toshish davrida qaytadan isitma ko’tariladi. Toshmadog’simon populyoz ko’rinishda bo’lib, 1-kuni quloqlar orasini, 2-kuni gavdani, 3-4 kunlari qo’l-oyoqlarni qoplaydi. Toshma toshishining 4-kunidan boshlab toshma qanday paydo bo’lgan bo’lsa, xuddi shunday yo’qola boshlaydi va pigmentatsiya davrida o’tadi. Toshma qaytayotganda teri qipiqsimon mayday po’st tashlaydi. Bu davrga kelib, isitma pasayadi kartaral holatlar kamayadi, bemorning umumiy ahvoli yaxshilana boshlaydi. Davosi. Kasallikni davolashda yaxshi tashkil etilgan gigiyenik shart-sharoitlar, yaxshi parvarish, sifatli ovqatlantirish va bemorni ikkilamchi infeksiyalardan saqlash kabilarni ahamiyati katta. Bollarda qizamiqqa qarshi immunizatsiya L-16 qizamiq vaksinasi bilan o’tkaziladi. Tirik vaksinalar bilan qizamiqqa qarshi emlashlar 10 oylikdan boshlab 8 yoshgacha o’tkaziladi. Qizamiq bo’lgan bolalarga 12 oylik bo’lganda davolash yoki profilaktika maqsadida immunoglubin qilinganda o’zida qizamiqqa qarshi antitelolar tutgan qon preparatlari yuboriladi yoki qon quyilganda vaksinatsiya o’tkaziladi. Qizamiq vaksinasi qo’llashda 3 oydan keyingina ruxsat etiladi. Tirik vaksina bilan vaksinatsiya o’tkaziladigandan so’ng 2 hafta o’tgach, immunoglobulin qilish mumkin. Qizilcha. O’tkir yuqumli kasallik bo’lib, yengil intoksikasiya belgilari, dog’li papulyoz toshmalar, orqa bo’yin, jag’ oldi limfa tugunlari kattalashishi bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi. Qo’zg’atuvchi juda kam yuqumli, tashqi muhitga chidamsizligi bilan ajralib turadigan virus. Yuqori nafas yo’llari, shilliq qavatlari kirish darvozasi bo’lib xizmat qiladi. Klinikasi. Inkubatsion davri 2 kunidan 22 kunigacha, o’rtacha 15-20 kun davom etadi. Kasallikning prodromal davri bir oz isitma ko’tarilishi bilan, ba’zan bilinmay o’tib ketadi. Kasallik ensa va orqa bo’yin limfa tugunlarining kattalashishi bilan boshlanadi. Kasallik boshlanganda 1-3 kun o’tgach, yuzda, bo’yinda tez orada (ba’zan bir necha soatda) butun tanaga tarqaladigan qizil toshmalar paydo bo’ladi. Toshmalar dog’li papulyoz ko’rinishda bo’lib, xuddi qizamiq toshmalariga o’xshaydi. Ba’zi toshmalarning kattaligi to’g’nog’ichdek bo’lsa, ba’zilari esa yasmiq doniek keladi. Ular asosan qo’l oyoqlarda, orqa va dumbada paydo bo’ladi. Isitma normal yoki ko’tarilganda (38Cdan oshmaydi)bo’lishi mumkin. Og’iz shilliq qavatida enantema (toshma) kuzatiladi. Davolash. Shart emas. Bemor toshma toshgan kundan boshlab 6 kungacha alohida yotishi lozim. Suvchechak. O’tkir yuqumli kasallik bo’lib, teri va shilliq qavatlaiga ichida tiniq suyuqlik bo’lgan suvchechak toshmalari toshadi. Etiologiyasi. Qo’zg’atuvchisi juda uchuvchan, tahqi muhitga chidamsiz, suvchechak toshmalari ichidagi suyuklikda uchraydigan filtirlanuvchi virus. Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai bemor hisoblanib, u butun kasallik davomida va kasallik tuzalganidan keyin 5 kungacha yuqumli hisoblanadi. Infeksiya faqat havo tomchi yo’li bilan yuqadi. Kasallikka beriluvchanlik juda ko’p bo’ladi. Chaqaloqlardan tortib hamma yoshdagi bolalar kasallanadi. Suvchechak bilan og’rib tuzalgandan keyin umr bo’yi immunited qoladi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 2kundan 21 kungacha ( o’rta hisobda 14 kun) davom etadi. Kasallikning yashirin davri kam kuzatiladi. Bemor o’zini lohas sezadi, isitma subreflir bo’ladi, ba’zan qizamiq yokiskarlatinaga o’xshash toshmalar toshadi. Chin suvchechakda toshma yuzda, boshning sochli qisimlarida, badanda, barmoqlarda paydo bo’ladi. Tashmalar dastlab pushti rang shaklida bo’ladi, keyin tezda papulalarga, undan keyin esa ichida tiniq suyuqlik bo’lgan geperemiya bilan keskin chegaralangan pufakchalarga aylanadi. Pufakchalar 1-2 kundan so’ng qurib qora qo’tir po’st bog’laydi va 1-3 hatadan keyin tushuib ketadi. Suvchechak toshmalari birin - ketin 4-5 kun davomida toshadi. Ba’zan toshmalar og’iz bo’shlig’idagi shilliq qavatlarga, halqumda, jinsiy a’zolarda paydo bo’ladi. Kasallikning yengil turlaridan toshmalar butun tananing uyer bu yeridagina uchrab, intoksikatsiya belgilari aniqlanmaydi Kasallikning og’ir turlarida esa toshmalar ko’plab toshadi, isitma ko’tariladi, intoksikatsiya belgilari yuzaga chiqadi. Davosi. Gigiyenaga rioya qilish zarur. Bunda infeksiyadan ikkilamchi shikastlanishining ahamiyati katta. Toshma pufakchalariga 1% li brilliant yashil yoki margansovka (to’q rangda) tavsiya etiladi. Yiringli asoratlar rivojlanganda antibiotiklar vasulfanilamidlar qo’llaniladi. Profilaktikasi. Sanitariya chora tadbirlar qo’llanadi. Bemor uy sharoitida toshma toshgandan keyin 5 kun ichida alohida yotqizilishi kerak. Dezenfeksiya qilish talab qilinadi. Kasal bilan aloqada bo’lgan va ilgari suvchechak bilan og’rimagan bolalar 2 kundan 21 kunga qadar ajralib qo’ladi. Diftiriya Diftiriya - xafli yuqumli kasallik bo’lib, asosan nafas yo’llarining va barcha organ va to’qimalarning jarohatlanishi bilan kechadigan kasallikdir. Qo’zg’atuvchisi leffle tayoqchasini birinchi marta 1883 yilda Leffler aniqlagan va o’z nomiga atalgan. Korino bakteriyalar ko’zg’atadi. 1888 yilda Fransiya olimi Ruva Iertsen bu qo’zg’atuvchini ekzotaksin ishlab chiqarishni aniqlagan. 3 ta turi mavjud: Ogrovis, Mittis, Intermedius. Tashqi muhitgfa chidamli so’lak orqali o’yinchoq, soska, idish tovoqlarga 20 kundan 6 sutkagacha saqlanish mumkin. Bakteriyalar organizmga asosan shilliq qavatlar va teri orqali tushishi mumkin. Tomoq, xalqum, kekirdak, bodoncha bezlari, kuz shilliq qavatlari mikrop kayerga tushsa joyda yallig’lanish jarayoni vujudga kelib fibrinli plyonka xosil bo’ladi. Fibrinli parda to’qimaga qattiq joylashgan, ajratib bo’lmaydi. Agar fibrinli pardani pardani uzib olmoqchi bo’lsak, to’qima jarohatlanadi. Qo’zg’atuvchiturgan yoyda rivojlanib ekzotaksin ishlab chiqaradi. Ekzotaksin mahalliy va umumiy ta’sir qilishi mumkin. Mahalliy ta’sir – fibrinos parda umumiy ta’sirida ekzotaksin qancha suriladi- taksimiya va qon bilan hamma to’qima va organlarga borib potologik o’zgarishlar vujudga keltiradi:miokardit, nefrit, paralich, parezlar klinikasi. Ko’kyo’tal. Ko’kto’tal – bosqichli kechadigan, biroz intoksikatsiya hamda spazmatik yo’tal xurujlari bilan namoyon bo’luvchi o’tkir yuqumli kasallikdir. Etiologiyasi. Kasallik qo’zg’atuvchisi – Bardetella bertusis – mayday grammanfiy, 6628085harakatsiz, spora hosil qilmaydi, kopsulasi bor. 12 xil antigen aniqlangan. Faqat endotoksin ajratadi. Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bemor odam, u kasallikning 1 kunidan boshlab, to 4-6 haftasigacha atrofdagilar uchun xafli. Asosan 1 – 5 yoshdagi bolalar kasallanadi. Klinikasi. Yashirin davri 3-14 kun. Kasallik kechishida 3 davrfarqlanadi. Kataral dari - quruq yo’tal, ba’zan haroratning ko’tarilishi va yuqori nafas yo’llarida biroz kataral belgilar bilan namoyon bo’ladi. Keyinchalik yo’tal zo’rayib boradi va kasllikning 10-12 kunlariga kelib spazmatik davri boshlanadi. Bunda bola vaqti – vaqti bilan qisqa – qisqa, biroq tez – tez va ustma – ust yo’taladi va oxirida chuqur shovqinli nafas oladi (repriz). Yo’tal paytida yopishqoq balg’am ajraladi va ba’zan bola qusadi. Spazmatik davr 2-8 hafta, ba’zan ortiqroq davom etadi.

Yüklə 349,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin