WWW.HUMOSCIENCE.COM
81
BUXORO AMIRLIGIDA TASHQI SIYOSAT VA DIPLOMATIYANING
RIVOJLANISHI TARIXIDAN
Rajabov Shohizamon Nusrat o‘g‘li
BuxDU, magistrant
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
Buxoro
amirligini
1756-1920-yillarda
boshqargan Mang‘itlar sulolasi va uning amirlari davrida davlatning diplomatiya tarixi,
tashqi siyosati, o‘zaro elchilik aloqalari, jumladan, Eron, Turkiya va Rossiya bilan
o‘rnatilgan birodarlik, do‘stlikning natijalari va o‘zaro iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning
rivojlanish tarixi ilmiy jihatdan tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
Gʻarb, Sharq, Istanbul, Rossiya,Eron, Buxoro, Qo‘qon, Xiva
maorif, madaniyat, inqilob, mudarris, jamiyat, munozara, Angliya, Hindiston,
Markaziy Osiyo.
FROM THE HISTORY OF FOREIGN POLICY AND DEVELOPMENT
OF DIPLOMACY IN THE EMIRATE OF BUKHARA
Annotation:
Bukhara State University ABSTRACT This article provides a
scientific analysis of the history of diplomacy, foreign policy, embassy relations,
including the results of fraternal friendship with Iran, Turkey and Russia, and the
history of economic and social development during the reign of the Mangit dynasty
and its emirs who ruled the Bukhara Emir from 1756 to 1920. given
Keywords:
West, East, Istanbul, Russia, Iran, Bukhara, Kokand, Khiva
education, culture, revolution, mudarris, society, discussion England, India, Central
Asia.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
82
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
O‘rta asrlarda Gʻarb bilan Sharqni bog‘lovchi muhim karvon yo‘llarining
o‘tganligi, islom madaniyati o‘choqlaridan hisoblanmish Samarqand, Buxoro va
Urganch (keyinchalik Xiva) shaharlarining joylashganligi, savdo-sotiq va
hunarmandchilikning rivojlanganligi va boshqa qator jihatlarni sanab o‘tish mumkin.
Biroq tadqiqot doirasida o‘rganilayotgan davrga kelib, ya’ni XVIII o‘rtalari – XX asr
boshlarida Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Buxoro, Qo‘qon va Xiva xonliklari
savdo-sotiq, ilm-fan va boshqa sohalarda jahon svilizatsiyasidan birmuncha ortda qolib
ketdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuqoridagi holatlarning yuzaga kelishiga bir
qator omillar sabab bo‘lgan. Birinchidan, mazkur hududda o‘z manfaatlariga ega
bo‘lgan dunyoning yetakchi davlatlarining o‘zaro nizolari (Rossiya-Turkiya, Rossiya-
Eron, Angliya-Hindiston nizolari); ikkinchidan, Markaziy Osiyo davlatlarida o‘zaro
birlikning, hamjihatlikning mustahkam emasligi; uchinchidan, qo‘shni Eron,
Afg‘oniston davlatlari bilan davlatlararo hududiy nizolarga barham berilmaganligi;
to‘rtinchidan, mahalliy urug‘-aymog‘chilikning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan
ichki kelishmovchiliklar va g‘alayonlarning (xitoy-qipchoqlar, shialar) uzluksiz davom
etishi va boshqalar. Yuqoridagi omillar bilan bir qatorda, xonliklarning yirik davlatlar
o‘rtasidagi nizolardan foydalangan holda har tomonlama o‘ylangan va muayyan
maqsadni ko‘zlagan tashqi siyosat, xususan, diplomatik munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga
qo‘ymaganligini ham keltirib o‘tish o‘rinlidir. Binobarin, milliy manfaatlarni ustuvor
yo‘nalish sifatida oqilona tashqi siyosatni amalga oshirish o‘z navbatida, davlatning
ichki va tashqi mustaqilligini, xavfsizligini, taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim
omil hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu omilga nafaqat, xonliklar va Chor Rossiyasi
davrida, balki yaqin o‘tmish ittifoq tuzumi zamonida ham muayyan darajada e’tibor
berilmagan hamda bu borada yetarli tajriba va amaliyot mavjud bo‘lmagan.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
83
Dostları ilə paylaş: |