WWW.HUMOSCIENCE.COM
86
maqsadida devonbegi Eshmuhammad va qo‘riqchiboshi Mirza Muhammadyusufni
Istanbulga Buxoro amirligining rasmiy vakili sifatida yuboradi.
Amir Haydar Buxoro amirligining Usmoniylar davlatidagi elchisi Mirza
Muhammadyusuf hamda uning vafotidan so‘ng elchi Mirza Muhammadfozil orqali
yuborilgan nomalarida siyosiy munosabatlarni mustahkamlash haqida so‘z
yuritilmasdan, balki ko‘proq ikki davlat o‘rtasida madaniy va iqtisodiy hamkorlik
borasidagi takliflar izhor etilgan edi. Buxoro amiri Muzaffar tashqi siyosati va
diplomatik munosabatlari tarixi haqida so‘z ketganda, avvalo, uning davlatni
boshqargan yillarida amirlikning Rossiya imperiyasiga mustamlaka bo‘lgan davriga
alohida to‘xtalib o‘tish joizdir. Chunki ushbu davr, ya’ni 1868-yilning 11-iyulida
Rossiya bilan Buxoro amirligi o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga asosan
amirlikning Rossiya imperiyasi vassaliga aylanganligining huquqiy asosi vujudga
kelgan davrdir. Rossiya bilan Buxoro amirligi o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga
asosan diplomatik masalalar deyarli Rossiya imperiyasining manfaatlariga xizmat
qilib, faqatgina Buxoro fuqarolarining Rossiya hududlarida erkin savdo qilish huquqi,
Amudaryoda xususiy kemalarning erkin suzib yurish huquqi, ikki davlat savdogarlari
uchun bojning yagona qiymati kabilar belgilangan edi, xolos.
Dostları ilə paylaş: