7-MAVZU. DIVERSIFIKATSIYАLASHNING KORPORATIV STRATEGIYАLARI
7.1. Korporatsiyaning o’sishi va rivojlanishi
7.2. Diversifikatsiyalashni qo’llash
7.3. Vertikal integratsiya
7.4. Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi
7.5. Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi
7.6. Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi
7.7. Qiskartirish va tugatish strategiyasi
7.8. Qayta tarkiblashtirish strategiyasi
7.9. Ko’pmillatli diversifikatsiyalash strategiyasi
Tayanch iboralar: korporatsiya, diversifikatsiya, vertikal integratsiya, yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi, turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi, noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi, qisqartirish strategiyasi, tugatish strategiyasi, qayta tarkiblashtirish strategiyasi, ko’pmillatli diversifikatsiyalash strategiyasi
7.1. Korporatsiyaning o’sishi va rivojlanishi
Ko’pchilik kompaniyalar o’z faoliyatlarini katta bo’lmagan tor ixtisosli korxona sifatida maxalliy va xududiy bozorlarga xizmat ko’rsatib boshlaydilar. Boshlangich bosqichda mahsulot assortimenti katta bo’lmaydi, o’z mablag’lari cheklangan, raqobat pozitsiyalari zaif bo’ladi. Ko’p yosh kompaniyalar bozordagi ulushini oshirib va xaridorlar etiborini qozona borib, odatda sotuv xajmlarini oshirishga xarakat qiladilar. Narx, sifat, xizmat ko’rsatish va reklama xaridorlar manfaatlariga buysundiriladi.
Keyingi bosqichda geografik ekspansiya uchun imkoniyatlar axtariladi. U shunday davomiylikda kechadi: maxalliy, xududiy-milliy-xalqaro bozorlar. Bozorlarga kirib borish darajasi rentabellik darajasiga bog’lik ravishda o’zgarib turadi.
Kompaniya bir tarmoqning imkoniyatlaridan foydalanib, daromad olib turar ekan, diversifikatsiyani amalga oshirishning xech qanday zaruriyati yuq. Lekin, o’sish saloxiyati qisqarib borar ekan boshqa sohalar faoliyatiga diversifikatsiya qilish strategik jixatdan o’zini oqlaydi yoki to’gri bo’ladi.
Bunday strategik imkoniyatlar turlichadir. Kompaniya turdosh tarmoq kabi o’zi uchun butunlay yangi bo’lgan tarmoqqa xam diversifikatsiya qilishi mumkin. Buni katta va katta bo’lmagan xajmlarda amalga oshirish mumkin.
Biznesning bir turida faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalar o’zoq yillar diversifikatsiyasiz amal qilib xavas qilarli natijalarga erishishlari mumkin. Bunga misollar ko’p. Bir sohada kontsentratsiya - jamlanish kator foydali tashkiliy va boshqaruv ustunliklariga egadir. Birinchidan, kontsentratsiya «biz kimmiz va nima bilan shug’ullanamiz» degan savoldagi mavxumiylikni istisno qiladi. Bunda barcha kuch biznesning bir turiga yunaltiriladi va raxbariyatning xatti-xarakatlari boshqa sohalarga «sochilib ketish» extimoli bo’lmaydi.
Ikkinchidan, bir sohada jamlanish jiddiy rag’batlar borligini ko’zda tutadi. Ular menejerlarni bir daqiqalik foyda olishga emas, korxonaning tarmoqdagi raqobat pozitsiyalarini o’zoq kelajakda xam mustaxkamlashga ragbatlantiradi.
Boshqa tomondan, bir yunalishda jamlanish, uning xarakatlarini bir tomonga yunaltirish kompaniya uchun katta tavakkalchilik bo’lib xisoblanadi. Obrazli qilib aytganda «uning, korxonaning barcha tuxumlari bir savatda bo’ladi».
Marginal qo’shimcha
boshqaruv xarajatlari
МВС
МВС1
МВА
d1 d2 d3
Divertsiyalash
xarajatlari
7.1.-rasm. Sarflangan kapital birligiga to’g’ri keladigan qo’shimcha foydaning diversifikatsiyalash xarajatlariga bog’liqligi
Sekin o’sayotgan tarmoq sharoitida kuchli kompaniyalar diversifikatsiyani boshlash uchun naqd pul ortiqchaligidan foydalanish imkoniyatini ko’rib chiqishlari kerak. Diversifikatsiyani boshlash masalasi qisman kompaniyaning mazkur tarmoqda o’sish imkoniyatlariga, qisman uning raqobat pozitsiyalariga bog’likdir. Korxona o’zining asosiy ustunliklaridan samarali foydalana oladigan sohalarga diversifikatsiya qilishi eng yaxshi strategiya bo’lib xisoblanadi. Lekin korxona uchun butunlay yangi bo’lgan tarmoqlarga diversifikatsiyalash, turdosh tarmoqlarning birortasiga xam o’sish istiqbollarini ta’minlay olmay qolgan taqdirda ko’zda tutilishi kerak. SHunday qilib, «qachon diversifikatsiyalash kerak?» degan masalani xal etish, bir tomondan korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasiga, boshqa tomondan tub tarmoqdagi qolgan imkoniyatlariga bog’liqdir. Kompaniyalar diversifikatsiyani amalga oshirishlarining aniq belgilangan vaqti yuq.
Kompaniyalar uchun o’zoq muddatli daromadni maksimallashtirishning ma’nosi shuki, kompaniya odatda o’z bozori doirasida narxdagi ustunlik, tabaqalashtirish va fokuslanish strategiyalari vositasida yaxshi raqobatlashadi. Ammo bu strategiyalar (sotishda va ta’minotda strategik ustunliklarga ega bo’lish uchun) oldinga va orqaga vertikal integratsiyani ham o’z ichiga olishi mumkin. Yana bir imkoniyat kompaniya faoliyatini diversifikatsiyalashdir.
Kompaniyaning o’sishi va rivojlanishi odatda uchta asosiy bosqichdan iborat:
- milliy bozorda yakka biznesga ixtisoslashish;
- vertikal integratsiya, yoki asosiy biznesdagi eng kuchli pozitsiya tomon global ekspansiya;
- erkin resurslarni biznesning boshqa turiga investitsiyalash yuli bilan diversifikatsiyalash.
Bularning barchasi kompaniyaning o’sishiga olib keladi, ammo «Diversifikatsiyalash darajasi» oshgan sari kamayuvchi qaytim «qonuni»ni nazarda tutish kerak.
Ma’lum bir nuqtadan so’ng ekstensiv diversifikatsiyalash, vertikal integratsiya va biznesning baynalminallashuvi sarflangan kapital birligiga to’gri keladigan daromadlarning kamayishiga olib keladi, chunki kompaniya birinchi navbatda eng daromadli qulay imkoniyatlarni amalga oshiradi, so’ngra eng kam daromad keltiruvchi imkoniyatlar qoladi, bu esa korxonaning o’sish imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Buni 8-rasmda ko’rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |