Tushuntirish xati



Yüklə 307 Kb.
səhifə1/11
tarix11.05.2023
ölçüsü307 Kb.
#111334
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ozbekiston tarixi 11 dastur


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
IJTIMOIY FANLAR BLOK MODULI BO‘YICHA
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING
O‘QUV DASTURI
(XI SINF)


O‘ZBEKISTON TARIXI





Toshkent-2018


TUSHUNTIRISH XATI
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga еtgan Vatani tarixini bilishga intilish va jamiyatda bo‘layotgan jarayonlarga qiziqish, unga dahldorlik tuyg‘usini har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson–irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi:
o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-XI sinflarida O‘zbekiston tarixining qadimgi zamonlaridan hozirgi kungacha (2018 yil) bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar
(V-XI sinflar) o‘quvchilarning psixofizologik rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim.
V sinf Tarixdan hikoyalar (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.
VI sinf Qadimgi dunyo tarixi (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi.
VII sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining IV asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi.

Yüklə 307 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin