O‘ZBEKISTON TARIXI. (jami 34 soat, B1+: 51 soat) O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar: o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil etish;
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
muloqot jarayonida o‘zining his-tuyg‘ularini boshqarish, nizoli vaziyatlarda konstruktiv qarorlar qabul qilish;
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
o‘z ustida mustaqil ishlash va ijodiy-izlanishga doir faoliyatni tashkil etish;
jamiyatdagi voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, ta’lim muassasasida va jamiyatda;
millatlar o‘rtasidagi hamdo‘stlik va birodarlik tushunchalarini anglaydi;
mustaqillik, hurlik tushunchalarini qalban anglaydi va buni asrash hissi shakllanadi.
KIRISH O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, ma’naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi. XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshi O‘zbekiston tarixi. Tarixiy davr sifatida tub burilish hodisasi.
Mustaqillik davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish:
1)1991–2016-yillar. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan o‘tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo‘yilganligi. Demokratik an’analar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etilishi, hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratilishi, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi.
2) 2017-yildan keyingi yillar. Eng yangi tarix tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekistonning eng yangi tarixining mazmuni, farqli belgilari va asosiy yondoshuvlari. Tarixiy bilim tizimida eng yangi tarixning o‘rni.