Ko’pchilik kompaniyalar o’z faoliyatlarini katta bo’lmagan tor ixtisosli korxona sifatida maxalliy va xududiy bozorlarga xizmat ko’rsatib boshlaydilar


Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi



Yüklə 79,14 Kb.
səhifə6/8
tarix14.10.2023
ölçüsü79,14 Kb.
#155198
1   2   3   4   5   6   7   8
7 мавзу

7.6. Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi

Diversifikatsiyalash xaqidagi qaror daromadli kompaniyalarni izlash va sotib olish natijasi xisoblanadi. Noturdosh diversifikatsiyalashning asosiy qoidasi shuki, unda manfaatli moliyaviy shartlarda sotib olinishi mumkin bo’lgan va foyda olish uchun yaxshi istiqbolga ega bo’lgan xar qanday kompaniya diversifikatsiyalash uchun manfaatli yunalish bo’ladi. Ba’zida, noturdosh diversifikatsiyani amalga oshirayotgan kompaniyalar o’zining aloxida mavqei xisobiga tez moliyaviy foyda olish uchun imkoniyatlarni taklif qiladigan kompaniyalarni izlab topishga o’z kuchlarini yunaltiradilar. Bunday korxonalarning uchta turi mavjud bo’ladi.


1) Narxi pasaytirilgan kompaniya. Bunday xolda mazkur korxonalarni bozor narxlaridan pastrok narxlarda sotib olish imkoniyati mavjud. Bu esa keyinchalik kompaniyani nisbatan yuqori narxda sotish imkonini beradi.
2) Moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar. Bunday korxonalar shartnomaviy narxlarda sotib olinishlari mumkin.
3) O’sish imkoniyatlari katta bo’lib, investitsiya imkoniyatlari bo’lmagan kompaniyalar.
Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash quyidagi no’qtai nazardan juda jozibalidir:
1. Tijorat tavakkalchiligi sanoatning ko’pgina xar turli tarmoqlari bo’yicha «sochilgan» bo’lib, bu kompaniyani biron-bir sohasida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolar izmida bo’lish darajasini pasaytiradi.
2. Kompaniyaning moliyaviy resurslari rentabellik no’qtai nazaridan jozibali istiqbollari bo’lgan tarmoqlarga investitsiya qilinishi mumkin.
3. Kompaniyaning ichki foyda normasi umuman sezilarli darajada barqarorlashadi, chunki bir tarmoqdagi qiyinchilik davrlari boshqasi xisobiga qisman kompensatsiya qilinishi mumkin.
4. Korporativ raxbariyat yetarli baholanmagan kompaniyalarning xaqiqiy qiymatini aniqlash tajribasini orttirib borgan sari, korporatsiyaning moliyaviy axvoli yaxshilanib, aktsiyalarning daromadliligi oshib boradi.



Yüklə 79,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin