PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI
1 – SON / 2022 - YIL / 15 - SENTYABR
www.bestpublication.org
132
MAKTABDA KOMBINATORIKANING ASOSIY QOIDALARINI OʻQITISH
METODIKASI HAQIDA
Sayfullayeva Shahlo Shavkatovna
Buxoro davlat universiteti, Fizika-matematika fakulteti talabasi,
Annatatsiya. Maqolada turli masalalarni yechishda kombinatorikaning asosiy
qoidalarining (koʻpaytirish va qoʻshish qoidalari) muhim oʻrni yoritilgan. Ushbu
yo’nalishda dastlabki koʻnikmalarni maktab matematikasidan boshlab shakllantirib borish,
oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish lozimligi bayon qilingan.
Kalit soʻzlar: qoʻshish qoidasi, koʻpaytish qoidasi, kombinatorika, chekli toʻplam,
elementlar, kombinatorika elementlari.
Eng avvalo kombinatorika masalalarining kelib chiqish tarixi va qanday masalalar
kombinatorika masalalari deyilishi haqida qisqacha ma’lumotlar keltiramiz. Tajribalar
shuni ko‘rsatmoqdaki, mavzuni o‘tishdan oldin tarixiy ma’lumotlar keltirilishi
o‘quvchilarda fanga nisbatan juda katta qiziqishlar uyg‘otmoqda.
Matematikaning
kombinatorik tahlil, kombinatorik matematika,
birlashmalar
nazariyasi, qisqacha, kombinatorika deb ataluvchi bo‘limida
chekli yoki muayyan
ma’noda cheklilik shartini qanoatlantiruvchi to‘plamni (bu to‘plamning elementlari
qanday bo‘lishining ahamiyati yo‘q: harflar, sonlar, hodisalar, qandaydir predmetlar va
boshqalar) qismlarga ajratish, ularni o‘rinlash va o‘zaro joylash ya’ni, kombinatsiyalar,
kombinatorik tuzilmalar bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi.
Hozirgi davrda
kombinatorikaga oid ma’lumotlar inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda.
Jumladan, matematika, kimyo, fizika, biologiya, lingvistika, axborot texnologiyalari va
boshqa sohalar bilan ish ko‘ruvchi mutaxassislar kombinatorikaning xilma-xil
masalalariga duch keladilar. To‘plamlar nazariyasi
iboralari bilan aytganda,
kombinatorikada kortejlar va to‘plamlar, ularning birlashmalari va kesishmalari hamda
kortejlar va qism to‘plamlarni turli usullar bilan tartiblash masalalari qaraladi. To‘plam
yoki kortej elementlarining berilgan xossaga ega konfiguratsiyasi bor yoki yo‘qligini
tekshirish, bor bo‘lsa, ularni tuzish va sonini topish usullarini o‘rganish hamda bu
usullarni biror parametr bo‘yicha takomillashtirish kombinatorikaning asosiy masalalari
hisoblanadi.
Kombinatorikaning ba’zi elementlari eramizdan oldingi II asrda hindistonliklarga
ma’lum edi. Ular hozirgi vaqtda guruhlashlar
deb ataluvchi kombinatorik
tushunchadan foydalanishgan. Eramizning XII asrida Bxaskara Acharya o‘zining ilmiy
tadqiqotlarida guruhlash va o‘rin almashtirishlarni qo‘llagan. Tarixiy ma’lumotlarga
ko‘ra, hindistonlik olimlar kombinatorika elementlaridan,
jumladan, birlashmalardan
foydalanib, she’riy asarlar tarkibiy tuzilishining mukammalligini
tahlil qilishga