Metodikasi haqida


PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix08.11.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#67907
1   2   3   4   5
Sayfullayeva Shahlo Shavkatovna

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
1 – SON / 2022 - YIL / 15 - SENTYABR 
www.bestpublication.org
134 
kombinator matematika — matematikaning chekli to‘plamlar ustida bajariladigan 
amallarni o‘rganadigan bo‘limi. 
Oʻqituvchi oldida birinchi navbatda tizimli oʻzgarish koʻnikmalarini shakllantirish 
vazifasi turibdi. Buni oddiy masalardan boshlash kerak, chunki, bu holda elementlar 
koʻp boʻlmaydi va barcha hollarni koʻrib chiqish imkoni mavjud. 
Hozirgi kunda oʻrta umumtaʻlim maktabining 6-7-sinf darsligining 
«Kombinatorikaning asosiy qoidalari» mavzusini oʻqitishni quyidagi masaladan 
boshlash maʻqul. Chunki kombinatorika masalalarini echishni o‘rgatishda masalalarni 
tanlash juda muhim rol o‘ynaydi. Muallif tomonidan mavzuni o‘qitishda quyidagi 
masalalarni yechishni o‘rgatish tavsiya qilinadi. 
KOʻPAYTIRISH QOIDASI 
1-masala. Toshkentdan Samarqandga samolyot, poyezd, avtobus bilan borish
Samarqanddan Buxoroga poyezd yoki avtobus bilan borish mumkin. Toshkent-
Samarqand-Buxoro yoʻnalishi boʻyicha sayohatni necha usul bilan tashkil qilish 
mumkin. 
Yechish. 
 
Toshkentdan Samarqandga sayohat qilishning uch yoʻlning har biriga, 
Samarqanddan Buxoroga sayohat qilishning mumkin boʻlgan ikkita yoʻli toʻgʻri keladi. 
Demak, Toshkentdan Buxoroga sayohat qilishning mumkin boʻlgan turli yoʻllari soni: 
3·2=6 ga teng boʻlar ekan. 
Javob: 6. 
2-masala. Samarqanddan Toshkentga 4 xil yoʻl bilan kelish mumkin: samolyot, 
poyezd, avtobus va yengil mashina (taksi). Toshkentdan Xoʻjakentga 3 xil transport 
vositasi olib boradi: poyezd, avtobus, taksi. Samarqanddan Xoʻjakentga necha xil 
usulda kelish mumkin? 
Oʻquvchi oʻzlariga quyidagi xulosi chiqaradi: 
Agar A shahardan B shaharga kelishning m ta, B dan C shaharga kelishning n ta yoʻli 
boʻlsa, u holda A dan C ga kelishning jami m·n ta yoʻli bor, yaʻni A dan C ga m ·n xil usuli 
bilan kelish mumkin. 
Bu qoida koʻpaytirish qoidasidir va u kombinatorikaning asosiy qoidasi 
hisoblanadi. 
3- masala. Nechta uch xonali sonda faqatgina bitta 7 raqami bor? 



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin