1-MAVZU: “IQTISODIY RIVOJLANISH STRATEGIYASI” FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA PREDMETI
«Iqtisodiyrivojlanish strategiyasi» fanining maqsadi va vazifalari
«Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fanining predmeti.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi qabul qilinishi
1.4. Makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash
1.1.«Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi»fanining maqsadi va vazifalari Bugungi kunda Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish, iqtisodiy o‘sish makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, innovatsion rivojlantirish, iqtisodiyotga investitsiyalar jalb qilish,vazifalarini bajarishni ustivor mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetishni talab etadi. Mamlakatda qabul qilingan strategik vazifalarni hal etishga yondashuvlarning ilmiy asoslarni hamda usullarini bilish fanning dolzarbligini asoslaydi.
Fanni o‘qitishdan maqsad - rivojlanish nazariyalarining asosiy g‘oyalari va konsepsiyalari hamda Harakatlar strategiyasida belgilangan O‘zbekistonni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini o‘rgatishdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari - O‘zbekistonda qonun ustivorligini ta’minlash, jamiyat va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini bilish, tahlil qilish va ularni amalga oshirishda foydalanish; makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoq va soxalarini innovatsion rivojlanish strategiyalarini amalga oshirish yo‘llari va usullarini o‘rgatishdan iborat.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsad qilib qo‘yilgan1:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini
takomillashtirish;
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash
Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish
Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash
Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish
Qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish
Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish
Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish 4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘ltransport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizasiya qilish
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar