1.3. Makro iqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bosqichma–bosqich amalga oshirilgan iqtisodiy va institusional islohotlar jarayonida mamlakat rivojlanishini belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va normalarni o‘z ichiga oluvchi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti shakllandi. Shakllangan tadbirkorlik muhiti mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlariga hamda yangicha boshqarish tizimini barpo etilishiga; moddiy, tabiiy, mehnat va boshqa resurslardan samarali foydalanish esa iqtisodiy o‘sishga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Natijada mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlandi. Shu bilan bir vaqtda O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi tamoillariga va ustuvor yo‘nalishlariga amal qilgan holda rivojlanishning strategic maqsadlari jahon andozalariga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiSh. Mirziyoyevning Farmonlari, ma’ruzalari va chiqishlarida belgilab berilgan barqaror iqtisodiy rivojlanishning ustuvor vazifalarini amalda ijrosini ta’minlash,
O‘zbekiston iqtisodiyoti va uning hududlari rivojlanishini ta’minlamoqda.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishini baholash mezonlaridan biri sifatida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi qabul qilingan. Ushbu ko‘rsatkich muayyan davr mobaynida real YAIM hajmining o‘tgan davrdagiga nisbatan oshishi, to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. Shuni hisobga olganda, O‘zbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy muammolarni yechish, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi iqtisodiy va siyosiy mavqeini mustahkamlashga erishish va makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar strategiyasining iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi qilib belgilab olingan.
Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz Prezidentining Parlamentga murojaatnomasida iqtisodiyottizimni sog‘lomlashtirish hamda iqtisodiy o‘sishni yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida quyidagi masalalarni hal etish lozimligi qaydetilgan.
Ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investisiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish; iqtisodiyotni modernizasiya va diversifikasiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Ushbu masalalarni samarali hal etish, bizning fikrimizcha mamlakatimizda erishilgan makroiqtisodiy barqarorlikni va mustahkamlanishi bilan birga yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Makroiqtisodiy barqarorlik (macroeconomicstability), bu milliy valyuta almashuv kursining, soliq stavkalari va bojxona bojlarining va xo‘jalik sohalarining barqarorligidir. Barqarorlik ishsizlikning past darajasini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlanishi hisoblanadi. Bu hokimiyatning kuchayishi, jamiyat hayotining har jabhasida qonunlarning so‘zsiz amal qilishi va mamlakat oltin – valyuta zaxirasining o‘sishi orqali ta’minlanadi.
“Barqaror iqtisodiy o‘sish” makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Barqarorlik – ma’lum bir tizimning tashqi ta’sirlar ostida joriy holatini saqlash qobiliyati hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik esa bu resurslardan foydalanish va aholi turmush darajasi o‘rtasidagi uzoq muddatli muvozanatning saqlanishidir. Ilmiy manbalarda ushbu tushunchalarning turli talqinini uchratish mumkin.
Umuman olganda, ilmiy adabiyotlarda “barqaror iqtisodiy o‘sish” tushunchasining qator ta’riflari mavjud. Xususan, “Barqaror iqtisodiy o‘sish” tushunchasi milliy iqtisodiyotning shunday bir holatini ifodalashi kerakki, unda salbiy yoki nolga teng bo‘lishi mumkin bo‘lgan real o‘zgaruvchan mezon va ko‘rsatkichlar uzluksiz mutanosib sur’atda o‘sishi lozim.
Xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakat miqyosida makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganlik darajasi quyidagi omillar yordamida baholanadi:
iqtisodiy o‘sish;
to‘la bandlik;
ichki narxlarning barqarorligi (past darajada inflyasiya); milliy valyutaning barqarorligi;
barqaror to‘lov balansi;
davlat byudjeti defisiti YAIMga nisbatan 3 foizdan oshmaganligi;
o mamlakat aholisi orasida daromadlarning odil taqsimlanish darajasi va boshqalar.