1. Yiringli yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar


Ichak infeksiyalari — umumiy xarakteristika. Esherexiozlar, ichak iersiniozlari, klebsiellyozlar. shigellarga xarakteristika va laboratoriya diagnostika



Yüklə 349,12 Kb.
səhifə3/24
tarix14.12.2023
ölçüsü349,12 Kb.
#176806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
1-27 mavzu

3. Ichak infeksiyalari — umumiy xarakteristika. Esherexiozlar, ichak iersiniozlari, klebsiellyozlar. shigellarga xarakteristika va laboratoriya diagnostika
Salmonellyoz — zooantroponoz, ya’ni ham hayvonlardan, ham odamlardan yuqadigan va ko'pincha gastroenterit simptomlari bilan, ba’zi hollarda esa tarqoq infeksiya belgilari bilan ta’riflanadigan o'tkir yuqumli ichak kasalligidir. Etiologiyasi [tahrir | manbasini tahrirlash] Salmonellyozni qo'zg'atuvchi mikroblar salmonellalar avlodi va ichak bakteriyalari guruhiga mansubdir. Ko'rinishi tayoqchaga o'hshaydi. Xivchinlari bor, spora va kapsula hosil qilmaydi. Hamma ozuqa muhitlarida ko'payaveradi. Salmonellalar fakultativ anaerobdir, ular parchalanganda endotoksin ajralib chiqadi. Endotoksinning termostabil O-antigeni, termolabil H-antigeni va kapsulasiga mansub yuza joylashgan H-antigeni bor. Salmonellalar O-antigenining xiliga qarab bir necha serologik O guruhiga bo'linadi. Har bir O guruhida H antigenining ichki tuzilishiga qarab bir-biridan farq qiladigan bir necha serovarlar mavjud. Salmonellalarning 2000 ga yaqin serologik xillari ma’lum boiib, ulardan 700 tadan ko‘prog‘i odamlarda uchraydi. Ularning quyidagilari tez-tez uchrab turadi: S. heidelberg, S. typhimurium, S. enteritidis, S. rapata, S. infantis, S. newport, S. agona, S. derby, S. london. Salmonellalar tashqi muhitda ancha chidamlidir: suvda 120 kun, go‘sht, kolbasa va shular kabi oziqalarda 2-4 oygacha, sutda 10 kungacha, saryog‘da 4 oygacha, pishloqda 1-yilgacha, tuproqda 18 oygacha tirik saqlana oladi. Ba’zi mahsulotlarda, masalan, go‘shtda ular tirik saqlanibgina qolm ay, balki k o‘payadi ham , bunda mahsulotlarning tashqi ko'rinishi va mazasi o'zgarmaydi. Tuzlash va dudlash ularga kam ta’sir qiladi. Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash] Parrandalar va uy hayvonlari kasallik manbai hisoblanadi. Infeksiyaning asosiy manbai — uy hayvonlari (qoramol, cho'chqa, ot, eshakmushuk, it), parrandalari (tovuq, o'rdak, g‘oz, kaptar), yowoyi hayvonlar (kemiruvchilar, tulkilar), baliqlar va boshqa hayvonlardir. Salmonellalar shu hayvonlarning suti, siydigiaxlati, soiagi bilan tashqariga chiqib, tuproq, yaylov yerlar, suv havzalari, o‘t-xashakka tushadi va bularni yuqumli qilib qo'yadi. Salmonellalar bilan ifloslangan go'sht va sut mahsulotlarini, baliq, tuxum va boshqa mahsulotlami iste’mol qilish oqibatida kasallik odamlarga yuqadi. Salmonellyoz bilan og'rigan bemor va bakteriya tashib yuruvchi odam ham infeksiya manbai bo'lib hisoblanadi. Bunday kishilarning oziq-ovqatga aloqador joyda, shuningdek bolalar muassasalarida ishlashi juda havflidir. Salmonellyoz muloqot yo'li bilan ham yuqishi mumkin. Bunda u salmonellalar bilan ifloslangan idish tovoqlar, o'ynchoqlar va boshqa buyumlar orqali yuqadi. Va nihoyat, salmonella havo-chang orqali yuqishi ham mumkin, chunki salmonellalar 20—25 darajali haroratda 80 kunga qadar tirik saqlana oladi. Yoz va kuz oylarida salmonellalar bilan ifloslangan biror ovqatni birdaniga ko‘p odam iste’mol qilishi natijasida (masalan, to‘y-hashamda) Salmonellyoz ba’zan epidemiya ko'rinishida uchraydi. O'sha ovqatdan iste’mol qilganlarning deyarli hammasi bir-ikki kun ichida kasallanadi. Patogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash] Salmonellalar ovqat orqali me’da-ichak yo'liga tushadi. Me’dada xlorid kislota ta’sirida salmonellalarning ko'pchiligi halok bo'ladi. Oziqa moddalari ichida o'ralib qolganlari bu noqulay sharoitni yengib o'tib, ingichka ichakka tushadi, so'ngra ichak shilliq pardasidagi retikuloendotelial to'qimaga kiradi va shu yerda ko'paya boshlaydi. Salmonellalar limfa tomirlari bo'ylab mezenterial tugunlar - charvi limfa tugunlariga o'tadi va shu joyda ba’zan hammasi halok bo'lib ketadi, unda limfotsitlar va makrofaklar katta rol o'ynaydi. Ba’zi hollarda charvi limfa tugunlaridagi fagotsitlarda salmonellalar uzoq vaqt halok bo'lmay tirik saqlanishi mumkin. Ana shu salmonellalar qaytadan limfa tomirlari orqali ichakka tushadi. Bunda kasallik simptomlari bo'lmaydi va odam bakteriya tashuvchi bo'lib qoladi. Ko'pincha mezenterial limfa tugunlarida (charvi bezlarida) salmonellalar ko'rinishida davom etadi. Ularning bir qismi parchalanib endotoksin ajralib chiqadi. Endotoksin har xil a’zo va tizimlarga ta’sir qiladi va buning natijasida adenilatsiklaza faollashadi, hujayralarda biologik faol moddalar miqdori ko'payadi. Natijada enterit boshlanadi. M e’da-ichak yo'li faoliyati buziladi. Endotoksin ta’sirida vazomotor falaj kuzatilib, qon bosimi pasayib ketadi. Bosh miya faoliyati ham toksin ta’sirida buziladi va tif holati paydo bo'ladi. Toksinning miyaga ta’siri natijasida gipotermiya boshlanadi, nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar faoliyati izdan chiqadi. Toksin ta’sirida suv-tuzlar almashinuvi buzilib, organizmni suvsizlanish (degidratatsiya) holatiga keltirib qo'yadi. Salmonellalar zo'r berib ko'payshi va ko'plab parchalanishi natijasida ajralgan endotoksin shok holatiga sabab bo'lishi mumkin. Endotoksik shok yuz berganda qonning ivish tizimi zararlanadi. mikrosirkulyatsiya izdan chiqadi va to'qimalarda kislorod etishmaydi (gipoksiya), bu esa o'z navbatida moddalar almashinuvining buzilishi, asidoz boshlanishi, qonda mochevina va qoldiq azotning ko'payshiga, har xil a’zolar hujayralarining distrofiya va nekrozga uchrashiga sababchi bo'ladi. Shunday qilib, Salmonellyoz patogenezi m ohiyat-e’tibori bilan toksinemiya va bakteremiyaga bog'liq. Keyinchalik organizmning himoya mexanizmlari kuchayib, qondagi salmonellalarni retikuloendotelial sistema va parenximatoz a’zolar qamrab oladi va asta-sekin parchalaydi, buning natijasida organizm salmonellalardan xalos boiadi. Bemor organizmining himoya quwati etarli boim agan hollarda u bakteriya tashuvchi boiib qoladi. Bakteremiya qisqa muddat davom etgan hollarda Salmonellyozning gastrointestinal shakli shakllanadi. Organizm kuch-quwati kam bo'­lganda (bolalar va qarilarda) bakteremiya uzoq cho'ziladi va Salmonellyoz tarqoq shaklga aylanib ketadi. Gastrointestinal shakli. Kasallikning bu xili to'satdan boshlanadi va dispeptik alomatlar bilan ta’riflanadi. Odatda bemor a’zoyi badani titrab, harorati ko'tariladi va gastrit, gastroenterit simptomlari yaqqol ko'rinadi. Harorat 3—4 kundan so'ng pasayadi. Kasallikning bu xili o'tkir gastrit, gastroenterit, gastroenterokolit ko'rinishida o'tadi. 0‘tkir gastrit. Bemor darmoni qurib, ko‘ngil ayniydi, ishtahasi bo'g'iladi. Boshi, qorni og'riydi, badani qaqshaydi, harorati sal ko'tariladi (subfebril darajagacha). Ko'pincha bemor bir yoki bir necha marta qayd qiladi. Ba’zan umuman qusmaydi. Bemorning rangi oqargan, tili karash bilan qoplangan bo'lib, pulsi tez uradi, qorni og'riydi, 1—2 kun ichida sog'ayib ketadi. O'tkir gastroenterit. Salmonellyozning bu ko'rinishi ko'p uchraydi. To'satdan boshlanadi. Bemor eti uvishib, qaltiraydi, harorati ko'tarilib, 2 -4 kun yuqori darajada turadi. Ko'ngli aynab, ketma-ket qusadi, so'ngra shir-shir ichi keta boshlaydi. Bir kecha kunduzda bemorning 15 marta ichi ketadi. Bemor axlati suyuq, yashil rangda va juda sassiq boiadi. Bemorning ahvoli anchagina og'ir bo'ladi, darmoni quriydi, a’zoyi badani sirqillab, bezovta qiladi, ishtahasi yo'qoladi. Ko'pchilik bemorlarning rangi odatda oqarib turadi, lekin ba’zan bir oz qizarishi ham mumkin, labiga uchuq toshadi. Tomiri tez uradi, qon bosimi pasayadi. Tili qalin oq yoki kulrang karash bilan qoplanadi. Ba’zan kollaps boshlanishi mumkin. Qon tekshirilganda gemoglobin va leykotsitlarning soni ozgina ko'paygani, ECHT m e’yorda ekani aniqlanadi. Salmonellyozning bu ko'rinishi 1—4 kun davom etadi, ba’zan uzoqroq cho'ziladi. O'tkir gastroenterit yengil, o'rta og'ir va og'ir o'tishi mumkin. Salmonellyozga aloqador o'ta o'tkir gastroenterit awalo kuchli intoksikatsiya bilan ta’riflanadi. Bemorning to'satdan eti uvishib, qaltiraydi va harorati ko'tariladi, boshi aylanib, qattiq og'riydi. Kasallik boshlanishidayoq kollaps bo'lishi mumkin. Bem or ketm a-ket qusaveradi, beto'xtov shir-shir ichi ketadi. Bemor axlati xuddi vabo kasalligidek yovg'on xo'rdaga o'xshaydi. Ko'p o'tmay organizmda suvsizlanish holati boshlanadi. Bemor birinchi kunidanoq ozib ketadi, ko'zlari ichiga tushib, yuzi chakak bo'lib qoladi, umuman rangi soiib, ko'kimtir tus oladi. Qon bosimi pasayadi, oliguriya yoki anuriya bo'ladi. Bemorning ovozi chiqmaydi, oyoq-qoi muskullari tortishib og'riydi. Ko'pincha pnevmoniya, nefrozonefrit alomatlari aniqlanadi. O'z vaqtida tegishli davo choralari amalga oshirilmasa bemor nobud boiishi mumkin. Salm onellezning gastroenterokolitik xilida yuqorida aytilgan simptomlardan tashqari kolit sindromi aniqlanadi. Kamdan-kam hollarda bemorda faqat kolit sindromi boiadi, xolos. Bunda yo'g'on ichakning hammasi zararlanadi. Rektoskop bilan tekshirilganda kataral, kataral-gemorragik proktosigmoidit holati ko'riladi. [1] Bu shakldagi kasallikning asosiy simptomi haroratning yuqori ko‘tarilishidir. Kasallik ba’zan harorat ko'tarilishidan tashqari gastroenterit alomatlari bilan boshlanadi. Boshqa hollarda faqat harorat ko'tariladi va intoksikatsiya alomatlari boiadi. Bemorning boshi, muskullari og'riydi, uyqusi buziladi. Ko'zi va shilliq pardaliri sal sarg'ish tusga kiradi. Ko'krak va qorin terisida toshma ko'rinadi. Ko'pincha uchuq toshadi, puls soni kamayadi (nisbiy bradikardiya), yurak tonlari bo'g'iqlashishi, tilni karash bosadi, qorni dam bo'lib, jigar va taloq kattalashadi. Bemor darmoni qurib, bo'shashgan holda jim yotadi. Ba’zan meningoensefalit belgilari aniqlanadi. Boshqa hollarda o'tkir glomerulonefrit, nefrozonefrit, nekrotik nefroz va piyelit hamda sistit alomatlari ko'riladi. Salmonellyozning septik shakli — uzoq davom etadigan harorat, qayta-qayta et uvishib badan qaltirashi va turli septik asoratlar bilan ta’riflanadi. Bemor ba’zan xuddi qorin tifidagiga o'xshab bo'shashgan holda karaxt bo'lib yotadi. Salmonellyozning tifga o'xshash shakli deb shunga aytiladi. Qon tekshirilganda ba’zan leykopeniya, nisbiy limfotsitoz aniqlanidi. Boshqa hollarda xuddi sepsisdagiga o'xshash gipoxrom anemiya, leykotsitoz , ECHT tezlashgan boiadi. Salmonellyozning tarqoq shakli 6—10 kun, ba’zan 3—5 haftagacha cho'ziladi.

Yüklə 349,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin