1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati Mehnat unumdorligini o‘stirish omillari va rezervlari


Quyida keltirilganlarning qaysi biri bahoning shakllanishiga ta`sir qiladi



Yüklə 50,97 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü50,97 Kb.
#209568
1   2   3   4
1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati Mehnat unumd

3. Quyida keltirilganlarning qaysi biri bahoning shakllanishiga ta`sir qiladi:
A)Talab omillari
B) Xarajat omillari
V) Raqobat omillari
G) Noto’g’ri javob yo’q.


Nazorat savollari
1. Qurilishda “mehnat resurslari” va “mehnat unumdorligi”
tushunchalarining mohiyatini tushuntirib bering.
2. Qurilishda mehnat unumdorligini oshirishning asosiy omillari
nimalardan iborat?
3. Qurilishda mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari nimalardan iborat.
4. Mehnat unumdorligini o‘lchash va baholash usullarini aytib bering.
5. Mehnat sig‘imi nima va qaysi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi?
Qurilish moddiy – texnikaviy bazasi va uni takomillashtirish bazasi yo‘nalishlari
Reja
1. Bozor sharoitida qurilish moddiy–texnika ta’minoti.
2. Moddiy – texnika resurslari etkazilishini tashkil etish.
3. Moddiy – texnika resurslari ta’minoti shakllari va metodlari hamda ularning samaradorligi.
4. Qurilish moddiy – texnika ta’minotini tashkil etish tizimida logistika.

Qurilish moddiy – texnika resurslari ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va tabiiy resurslarga bo‘linadi:



  • qurilish ishlab chiqarishini talab etilgan sifat va sonda zarur bo‘lgan resur turlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash;

  • resurslardan foydalanish darajasini yaxshilash: mehnat unumdorligi va fond qaytarmasi oshirish, qurilish jarayoni ritmiyligini ta’minlash, aylanma mablag‘lar aylanish vaqtini qisqartirish, ikkilamchi resurslardan to‘liq foydalanish, investitsiya va boshqa ko‘rsatkichlar samaradorligini oshirish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot hamda bino va inshootlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqish uchun o‘z tashkilotida va raqobatchi tashkilotlardagi qurilish ishlab chiqarishining tashkiliy – texnik holatini va qurilish – montaj ishlari (xizmatlari)ning sifatini tahlil qilish.

Qurilish tashkilotida yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun quyida ko‘rsatilgan ishlarni doimiy ravishda bajarish talab etiladi:
1. Bozorda qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari, yarimfabrikatlar va boshqa mahsulotlarni etkazib beruvchilar (xizmatlar) bo‘yicha marketing izlanishlarini olib borish. Etkazib beruvchilarni tanlash quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tavsiya etiladi: etkazib beruvchining litsenziya va ushbu sohada etarlicha tajribaga ega ekanligini aniqlash, ishlab chiqarishning yuqori tashkiliy – texnik holatdaligi, ishning ishonchliligi va foyda keltiruvchanligi, ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining raqobatbardoshligini oshirish, ular narxlarining hammabopligi, ularni etkazib berish sxemasining soddaligi va turg‘unligi;
2. Konkret moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarni
me’yorlashtirish;
3. Moddiy – texnik resurslar sarfi me’yorlari va me’yoriy hujjatlarini kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqish.
4. Qurilish ishlab chiqarishini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash kanallari va shakllarini izlab topish.
5. Moddiy materiallar balansini (muvozanat, turg‘unlik holatini) ishlab chiqish.
6. Qurilish ishlab chiqarishi moddiy – texnika ta’minotini rejalashtirish.
7. Ish joylarini qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari, yarimfabrikatlar va boshqa materiallar bilan ta’minlashni tashkil etish.
8. Moddiy – texnik resurslardan foydalanishni hisoblash va nazorat qilish.
9. Qurilish ishlab chiqarishidagi chiqindilarni yig‘ish va ularni qayta ishlashni tashkil etish.
10. Moddiy – texnika resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish.
11. Moddiy – texnika resurslaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha olib boriladigan ishlarni rag‘batlantirish.
Nazorat savollari
1. Bozor munosabatlari sharoitida qurilish tarmog‘ining moddiy-texnik
ta’minoti tizimini tushuntirib bering.
2. Qurilish moddiy-texnik resurslari tarkibiga nimalar kiradi.
3. Qurilishni moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlashning shakllari va
usullarini aytib bering.
4. Qurilish moddiy-texnika ta’minotida logistikani tashkil etishning
maqsad va vazifalarini gapirib bering.
5. Logistik tizimlar deganda nimani tushunasiz?


Yüklə 50,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin