Mehnat unumdorligini tahlil qilish
Reja:
1. Mehnat unumdorligining umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlari va ularni hisoblash
2. Mehnat unumdorligini oshirish manbalari va uning zahiralarini hisoblash tartibi
3. Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini tahlil qilish
1. Mehnat unumdorligining umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlari va ularni hisoblash
Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llaniladi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti, shuningdek, bitta ishlovchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishning qiymat ifodasi kiradi.
Xususiy ko’rsatkichlar bu muayyan turdagi mahsulot birligining ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi (mahsulotning sermehnatliligi) yoki bir kishi kunda yoxud bir kishi soatda muayyan turdagi natural mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt. Yordamchi ko’rsatkichlar muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining ancha umumlashgan ko’rsatkichi – bitta xodimning o’rtacha yillik mahsulot ishlab chikarishidir. Uning hajmi faqat ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishigagina emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish personali umumiy sonidagi salmog’iga, shuningdek, ishlagan kunlari va ish kunining qancha davom etishiga ham bog’liq bo’ladi.
jadval
Omillarni tahlil qilish uchun boshlang’ich ma’lumotlar
Ko’rsatkich
|
Reja
|
Haqiqat
|
Chetga chiqish
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi (mln.so’m)
|
96000
|
100800
|
Q4800
|
O’rtacha ro’yxatdagi son:
Sanoat ishlab chiqarishi personali
(SIP)
Ishchilar (ISh)
|
200
160
|
202
165
|
Q2
Q5
|
Sanoat ishlab chiqarishi personali umumiy sonida ishchilar salmog’i (XU),%
|
80
|
81,68
|
Q1,68
|
Yiliga bitta ishchi ishlagan kunlar(IK)
|
220
|
210
|
-10
|
Ish kunining o’rtacha davom etishi (D)
|
7,95
|
7,8
|
-0,15
|
Ishlangan vaqtning umumiy miqdori:
Barcha ishchilar bir yilda (T); kishi-soat
Shu jumladan, bir ishchi; kishi-soat
|
279840
1749
|
270270
1638
|
-9570
-111
|
O’rtacha yillik ishlab chiqarish(mln.so’m)
Bir ishlovchi(YM) Bir ishchi(YM)
|
480
600
|
499,01
610,91
|
Q19,01
Q10,91
|
Ishchining o’rtacha kunlik mahsulot ishlab chiqarishi (KM), ming so’m
|
343,05
|
372,96
|
Q29,91
|
5-jadvalning davomi
|
Ishchining o’rtacha soat mahsulot ishlab chiqarashi(SM), ming so’m
|
2,73
|
2,91
|
Q0,18
|
Unumsiz vaqt sarfi(TU)ming so’m
|
-
|
1367
|
-
|
FTT tadbirlarni joriy qilish hisobiga rejadan tashqari tejalgan vaqt(Tt), ming kishi-soat
|
-
|
8500
|
-
|
Tarkibiy siljishlar natijasida tovar-mahsulot qiymatining o’zgarishi, mln. so’m
|
-
|
2300
|
-
|
Bunda xodimning o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishi quyidagi omillar ko’paytmasiga tengligidan kelib chiqadi:
Dostları ilə paylaş: |