1. Mehnatni boshqarish xarakteri, mehnatni boshqarish turlari


Iqtisodiy o’sishning turi



Yüklə 51,78 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü51,78 Kb.
#204306
1   2   3
1. Mehnatni boshqarish xarakteri, mehnatni boshqarish turlari

Iqtisodiy o’sishning turi



Mehnatni boshqarish

Moddiy asos

Tizimni tashkil qiluvchi omil

Mehnatni bosh­qarishning turi

Sanoatlashganga qadar

Manufaktura ishlab chiqarish

Xususiy ishchilaring kooperatsiyasi

Hunarmandchilik

Sanoatlashgan

Yirik mashinali ishlab chiqarish

"Tirik qo’shimcha" larga ega mashinalar tizimi

Texnokratik

ilmiy-texnik

YAngilik kiri­tish larga asoslangan egiluvchan ishlab chiqarish

Ilmiy-ishlab chiqarish davrasidagi o’zaro hamkorlik

Innovatsion

F.Teylor shunday usullarni ishlab chiqqanki, ularga ko'ra ishning har bir turi, har bir operatsiya uchun xronometraj va ishchining harakatlarini sinchiklab o'rganish yordamida berilgan ishni bajarishning yagona, eng ratsional usuli belgilangan. Barcha xatolar, befoyda harakatlar bartaraf qilingan, eng mukammallari tanlab olingan. Mashhur fransuz fizigi Le Shatelening so'zlariga ko'ra, bu sanoatda mehnatni tashkil qilishga nisbatan qo'llanilgan matematikadan iborat bo'lgan.


Yuqori unumdor mehnatga nisbatan iqtisodiy majbur qilishdan foyd alanilgan:

  • ishbay ish haqining alohida tizimi (me'yorni bajargan va oshirib bajarganlar uchun oshirilgan tarif stavkalari va baholashlar; bajar-maganlar uchun - stavkalarni 20-30% ga pasaytirilishi, jarimalar);

  • vazifalarni bajarilishi va oshirib bajarilishiga ko'proq darajada yordam beruvchi sharoitlarni yaratish: batavsil yo'l-yo'riq ko'rsatish, mehnatni mayda-chuyda tafsilotlarigacha rejalashtirish, maxsus qurollar bilan ta'minlash, hisob, nazorat.

F.Teylor tizimidan foydalangan korxonalarda o'rtacha mehnat unumdorligi uch yil ichida ikki marta o'sgan. Birinchi o'ttiz yil ichida bu tizim yetarlicha keng tarqalgan, deyarli barcha yuqori rivojlangan mamlakatlarning kompaniyalari undan foydalanganlar. F.Teylor o'zining tizimini ishlab chiqarishning muvaffaqiyati birinchi navbatda xodimning o'ziga, uning jismoniy kuchiga bog'liq bo'lgan sharoitlarda ishlab chiqqan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida texnika birinchi o'ringa chiqqan. Va shunga qaramasdan uning tizimi hali ham ishlab chiqarishni ratsionallashtirishning asosida yotadi. Undan bugun ham takrorlanuvchi operatsiyalarga ega korxonalarda keng foydalaniladi.



Yüklə 51,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin