7-mavzu. Korrupsiya va ijtimoiy hayot. Korrupsiyani bartaraf etishning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 44 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü44 Kb.
#40986
7-мавзу 4 йиллик


7-mavzu. Korrupsiya va ijtimoiy hayot. Korrupsiyani bartaraf etishning asosiy yo‘nalishlari
Korrupsiyaga qarshi kurashda xorij tajribasi. Harakatlar strategiyasi. Fuqarolik jamiyati qurishda korrupsiyani bartaraf etishning asosiy yo‘nalishlari.
Reja:
1. Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

2. Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy omillari

3. Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va uning mazmun mohiyati
Tayanch tushunchalar:

Korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, iqtisodiy korrupsiya, jinoyatchilik, faol fuqarolik pozitsiyasi, jamoatchilik nazorati.


Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvesiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.

Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholininghuquqiysavodxonliginioshirishkabimetodlardanunumlifoydalanishushbudavlatlarni korrupsiya darajasijuda past bo‘lgandavlatlarqatorigaolibchiqqan. Bizquyida Singapur davlatidakorrupsiyagaqarshikurashdaqo‘llanilganusullarhaqidabatafsilto‘xtalibo‘tamiz.

Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o‘tkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu yerda byurokratik jarayonlar yengillashtirilib sud tizimining mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). Shu bilan birga korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar og‘irlashtirilib, fuqarolarga korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida ommaviy “tozalashlar” o‘tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga namoyish qilindi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. Shuningdek, davlat xizmatchisining ahloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Jinoyatchi unsurlarning xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiqdavlattomonidanKorrupsiyagaqarshihaqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaningbirinchiishkuni (9 dekabr) BMT tomonidanbutundunyodakorrupsiyagaqarshikurashkunidebe’lonqilingan. Ushbu konvensiyaningqabulqilinishivakuchgakirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyomamlakatlariningkorrupsiyagaqarshikurashdagihamkorliginiyangipog‘onagako‘tardi.

Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa jamiyat uchun xavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan.

Ushbu Konvensiyaningmaqsadiquyidagilardaniborat:

— korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash;

— korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, yengillashtirish va qo‘llab quvvatlash.

O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan.

Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni yengish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati




  1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.:O‘zbekiston 2017 yil

  2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonlik garovi. T.: O‘zbekiston. 2017

  3. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston.2016 yil

  4. Karimov I.A. Asarlar to‘plami, 1-24 jildlar. T. 1999-2016 yillar

  5. Ahmedova M. Falsafa. Darslik. T.2006 yil

  6. Yusupov E, Mamashokirov S . Falsafa. Darlik. T.2005

  7. Shermuhammedova N.A. Falsafa. O`quv qo`llanma. T.2011

  8. Shermuhammedova N.A. Falsafaga kirish. O`quv qo`llanma. T.2011

  9. Shermuhammedova N.A. Borliq va rivojlanish falsafasi. O`quv qo`llanma. T.2011

  10. Shermuhammedova N.A. Inson falsafasi.darslik. T.2016.

Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin