Quyidagi rasmda aloqalar (ob`yektlar orasidagi munosabatlar)ning ko`rinishi keltirilgan
“Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida “VAQT” tashkil etuvchisi faqat oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar bilan tasvirlanadi.
1.1 rasm. “Supermarket” obyektli modeli elementlari orasidagi ob`yektli munosabatlar.
Modelni quirishda “aloqa” mavjud ob`yektni, jarayonni yoki hodisani, abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo`lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to`plamidan qiymatlar qabul qilinadi.
“Mohiyat – aloqa” modelidagi bog`lanishlarga, ikki mohiyat o`rtasidagi har bir bog`lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar.., n-nar).
Loyiha haqidagi axborot diagramma ko`rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to`rtburchak bilan, atributlarovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo`nalishsiz qirralar bilan bog`lanadi.
“Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani (PS) faqat aniq bir qismini akslantiradi. Bu holda uni lokal model deyiladi. PS haqida to`la axborotga ega bo`lish uchun uni etarli kengroq tekshirish zarur va oldingisini to`ldiradigan local modellar qurish kerak. Shundan so`ng lokal modellar birlashtirilib PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo`lamiz.
Misol tariqasida supermarket PSining mohiya – aloqa modeli qurilgan.
1.2. rasm. Supermarket predmet sohasi uchun mohiyat – aloqa modelini qurilishi. Bu model diagramma korinishda bolib, unda quyidagi belgilashlar ishlatiladi.
Yordamida ob‟ektlar belgilanadi.
Yordamida ob‟ekt atributlari belgilanadi. Ular ob‟ektlar bilan yo„nalishsiz chiziqlar yordamida birlashtiriladi.
Yordamida ob‟ektlar orasidagi aloqalarni belgilaymiz.
Bunda birga ko„p bog„langan A va V orasida V ga qaratib yo„nalgan yo„nalishli chiziq bilan ko„rsatiladi. Agar A va V ob‟ektlar o„rtasida N:1 bog„lanish bo„lsa, strelka A ga qarab yo„naltiriladi.
A va V orasida 1:1 bog„lanish bo„lsa, yo„nalishsiz chiziq bilan bog„laymiz.
A va V ob‟ektlar o„rtasida M: N bo„lsa, ularni ulovchi chiziq orqa li bog„lanadi.