1. Milliy hududiy chegaralash siyosati nima? Oʻzbekiston ssr sovetlarining 1- qurultoyi qachon va qayerda ochilgan?



Yüklə 8,5 Kb.
tarix30.10.2022
ölçüsü8,5 Kb.
#66855
3-mavzu


Mavzu: Markaziy Osiyoda milliy hududiy chegaralanishning o'tkazilishi va undan ko'zlangan maqsadlar. Markaziy Osiyoda tashkil topgan davlatlar. UzSSRning tashkil topishi
Savollar
1. Milliy - hududiy chegaralash siyosati nima?
2. Oʻzbekiston SSR sovetlarining 1- qurultoyi qachon va qayerda ochilgan?
3. "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qachon qabul qilingan?
4. Tojikiston ASSR nechanchi yilgacha O'ZSSR tarkibida bo'lgan?
5. Qoraqalpoq avtonom oblasti nechanchi yil tuzilgan?
6. Qoraqalpoq avtonom oblasti 1932-yilda kimning tarkibida bo'lgan?
7. Qoraqalpoq avtonom oblasti 1936-yildan kimning tarkibida bo'lgan?
8. OʻzSSR qachon SSSR tarkibiga qabul qilingan edi?
9. RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining 2sessiyasi qachon o'tkazilgan?
10. Oʻrta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari oʻrnida Oʻzbekiston SSR (OʻzSSR) va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (Oʻz SSRtarkibida), Qoraqalpoq va QoraQirgʻiz (Qirgʻiz) avtonom oblastlari tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining nechanchi sessiyasida qabul qilingan edi?

Javoblar
1. Milliy-hududiy chegaralanish — mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir.
2. Oʻzbekiston SSR sovetlarining 1- qurultoyi 1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida ochilgan.
3. "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" 1925-yil fevralda qabul qilingan.
4. Tojikiston ASSR 1929-yilgacha O'ZSSR tarkibida bo'lgan.
5. Qoraqalpoq avtonom oblasti 1925-yil 16-fevraldan tuzilgan. U dastlab Qozogʻiston ASSR tarkibiga kirgan.
6. Qoraqalpoq avtonom oblasti 1932-yil RSFSR tarkibida bo'lgan.
7. Qoraqalpoq avtonom oblasti 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida bo'lgan.
8. O'ZSSR 1925-yil 13-may kuni SSSR tarkibiga qabul qilingan edi.
9. RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining 2sessiyasi 1924-yil 14-oktabr kuni o'tkazilgan.
10. Oʻrta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari oʻrnida Oʻzbekiston SSR (OʻzSSR) va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (Oʻz SSRtarkibida), Qoraqalpoq va QoraQirgʻiz (Qirgʻiz) avtonom oblastlari tashkil etish toʻgʻrisida qaror RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining 2-sessiyasida qabul qilingan edi.
Yüklə 8,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin