80.Android dasturida mobil ilovalar tayyorlash. Android ilova yaratish.Kirish.Android uchun yaratilayotganlar dasturlar soni va ularga bo'lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Ma'lumotlarga ko'ra Android qurilmalari uchun yaratilayotgan dasturlar reytingda yuqorilab, Windowsni ham ortda qoldirmoqda. Android uchun native dasturlash muhiti Android Studio va Java dasturlash tili bo'lsada, boshqa ko'plab gibrid tillar yaratilib, rivojlantirilib borilmoqda. Masalan, Delphida paskal dasturlash tili, C++ Builderda c++ dasturlash tili, Visual Studioda c# dasturlash tillari yoki Flutter, Cardova frameworklari yordamida Android uchun dasturlar yaratishingiz mumkin. Android Studio yoki boshqa dasturlash tillaridan foydalanishimiz uchun kompyuterimiz ma'lum bir parametrlarga to'g'ri kelishi, unda kerakli dasturiy ta'minotlar Android SDK, NDK, Java va boshqalar o'rnatilgan bo'lishi kerak.Yuqoridagi dasturlash muhitlaridan foydalanmasdan minimal parametrlarga ega kompyuterlarda ham Android ilovalarini yaratishimiz mumkin. Buning uchun web dasturlashdan foydalanamiz.Web ilova yaratish.Dasturchilar orasida web dasturchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Hozirgi kunda web sahifa tayyorlash qiyin ish emas. HTML, CSS va JavaScript web dasturlash tillarini bilish kifoya. HTML, CSS va JavaScript bilan faqat web sayt yaratilmaydi, turli interaktiv muloqat oynalari, testlar, o'yinlar, animatsiyalar, amaliy topshiriqlar yaratishingiz mumkin. 2020-yildan boshlab Adobe Flash dasturi mahsulotlarini ko'plab brauzer va boshqa dasturlarda ishlamaydi. Sababi Flash dasturi o'rnini HTML, CSS va JavaScript egallamoqda. Flashda qilingan interaktiv oynalarni Front End dasturchilar HTML da yaratishmoqda. Web texnologiyalar yordamida dasturlar yaratib turli platformalarda qiyinchiliksiz foydalanish mumkin, ular bir xil ishlaydi. Shu sababdan web texnologiyalar yordamida mobil ilovalar yaratish ommalashmoqda ko'plab JavaScript kutubxonalari, frameworklari yaratilmoqda.Web sahifadan Android ilova yaratish.Android Studio va Java dasturlash tilidan foydalanmasdan HTML, CSS va JavaScript yordamida dastur, o'yin, test, topshiriqlar to'plami, elektron kitob, elektron darslik, web sayt va h.k. larni yaratib ularni qisqa vaqt ichida Android qurilmalarda ishlovchi .apk ilova ko'rinishiga o'tkazishingiz mumkin. Web sahifadagi barcha fayllar rasm, video, audio, .css, .js yagona ilovaga birlashtriladi. HTML sahifani .apk ilovaga o'tkazuvchi tizimlar online yoki offline turlarga bo'linadi. Online tizimlar web sayt bo'lib brauzerda internetdan yuklanadi. Offline tizimlar oddiy dastur bo'lib kompyuterga o'rnatiladi. Windows operatsion tizimida ishlovchi eng yaxshi Android ilova yaratuvchi dasturlardan biri Website 2 APK Builder Pro dasturidir.Website 2 APK Builder Pro dasturida ishlash.Dastur hajmi 10 megabaytdan kichik bo'lib, 1 gigabayt tezkor xotiraga ega kompyuterlarda ham ishlay oladi. Interfeysi bitta oynadan iborat juda sodda va foydalanishga qulay. Dastur pullik bo'lib, bepul Demo versiyasidan foydalanilganda imkoniyatlari cheklangan bo'ladi.. Dasturning Demo versiyasi.2-rasmdagi ko'k burchakli joylarni o'zgartirib bo'lmaydi.Website 2 APK Builder Proning aktivlashtirilgan holatida dastur oynasidagi barcha parametrlardan foydalanishimiz mumkin.3-rasm. Dasturning to'liq versiyasi.Android ilova yaratishdan oldin HTML, CSS, JavaScript tillaridan foydalanib kalkulyator yaratib olamiz. Kalkulyatorimiz 3ta fayldan iborat: index.html, style.css va skript.js4-rasm.Fayllar.Website 2 APK Builder Pro dasturini ishga tushiramiz, "Directory of Local Website:" maydoniga web sahifa joylashgan papkani ko'rsatamiz. Dasturimiz ikonkasini o'zgartiramiz, versiyasini yozamiz va kerakli maydonlarni to'ldirib chiqamiz, oxirida "GENERATE APK" tugmasini bosamiz. "Output Directory:" maydoniga ko'rsatgan papkamizda .apk ilova fayli hosil bo'ladi. Telefonga o'tkazib foydalanish mumkin kalkulyator ishlayapdi.5-rasm. Androidda testlash.Xulosa.Web saytlarga nisbatan mobil ilovalarni yaratishga ko'proq pul to'lashadi. Mobil ilova yaratishga bo'lgan talab ortib bormoqda. uzbekcoder