1. Mobil texnologiya haqida tushuncha



Yüklə 110,68 Kb.
səhifə2/26
tarix08.10.2023
ölçüsü110,68 Kb.
#153026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1. Mobil texnologiya haqida tushuncha

3.Mobil qurilmalar tasnifi
Mobil qurilmalarga smartfonlar, iPhonelar, planshetlar, elektron kitoblar, CHPK (cho„ntak personal kompyuterlar), netbooklar, ultrabuklar, smartvatch (aqlli soat), mobil banking (to„lov kartalari) bo„lib, ularning asosiy jihati o„lchami (ixchamligi) hamda ko„p funksiyalarni bajarishidir. Mobil qurilmalar yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, o„yinlar o„ynash, hatto radioeshittirish va televideniedan ham bahramand bo„lish mumkin.
Smartfon (smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli telefon” ma‟nosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan cho„ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo„lgan mobil telefon. Bunda cho„ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlashgan.
iPhone – to„rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone o„zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va Internet planshetlarining asosiy funksiyalarini ham qamrab olgan.
Internet planshetlari - bu maxsus mobil qurilma bo„lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan iPad) tashqi ko„rinishi jihatidankompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo„lib, boshqa qo„shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko„rinishda, ya‟ni sensorli tashkil etilgan. Planshetlar to„liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.
4.Mobil qurilmalarning operatsion tizimlari
Mobil qurilmalar uchun mobil operatsion sistemalar ishlatiladi. Mobil operatsion sistemalar–bu mobil qurilmalar (smartfonlar, tabletlar, PDA va boshqa mobil qurilmalar)ni boshqarish uchun mo‗ljal- langan sistemalar hisoblanadi. Mobil operatsion sistemalar ikkita asosiy platforma, ya‘ni ―user-facing‖ dasturiy ta‘minot platformasi va qurilmalarni boshqarish uchun mo‗ljallangan quyi sathdagi ―real-time operatsion sistemaidan iborat bo‗ladi.
Mobil operatsion sistemalar personal kompyuterlarning operatsion sistemalari funksiyalarini o‗zida uyg‗unlashtirib (biriktirib), mobil va cho‗ntak qurilmalar uchun: sensorli ekran, sotali aloqa, Bluetooth, Wi-Fi, GPS-navigatsiya, kamera, videokamera, nutqni tanishi, diktafon, musiqali pleer va infraqizil masofali boshqarishni amalga oshiradi.
Mobil qurilmalar uchun zamonaviy operatsion sistemalar quyidagilardir: Android, iOS, Windows Phone, BlackBerry OS, CyanogenMod, Cyanogen OS, Fire OS, Flyme OS, Firefox OS, Sailfish OS, Tizen, Ubuntu Touch.
Bugungi kunda ishlatilmayotgan va eskirgan operatsion sistemalar quyidagilardir: Symbian, Windows Mobile, Palm OS, webOS, Maemo, MeeGo, LiMo.
So‗nggi bir necha yillardan beri, mobil divayslar sanoati shunchalik ulkanlashib kettiki, Internetdan umumiy foydalanish va faollik bo‗yicha hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. Bu albatta mobil vositalardagi ustunlik, hamda ma‘lumotlar tarmog‗i bo‗yicha muntazam aloqa tezligi sababidandir.
Xuddi kompyuterlar o‗tmishidagi singari, mobil operatsion sistemalari ishlab chiqaruvchilari orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgor operatsionsistemalar Ro‗yxati- dan Android, iOS va Windows Phonelar turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan.

Yüklə 110,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin