1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati



Yüklə 376,94 Kb.
səhifə11/46
tarix22.09.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#147221
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Adabiyotlar:
  1. Sрuhrat Sirojiddinov. Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov. NavoiyShunoslik. Darslik. – T.: TAMADDUN, 2018. - 520 b


  2. Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий. Манбаларнинг қиёсий-типологик, текстологик таҳлили. – Т.: Аkademnashr, 2011.


  3. Юсупова Д. Ўзбек мумтоз ва миллий уйғониш адабиёти (Алишер Навоий даври). Ўқув қўлланма. – Т.:ТAMADDUN, 2016.


  4. Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Т.: Фан, 1983.


  5. Комилов Н. Хизр чашмаси. – Т.: Маънавият, 2005


  6. Комилов Н. Маънолар оламига сафар. – Т.: ТAMADDUN, 2016.


  7. Алишер Навоий. Ғазаллар. Шарҳлар. – Т.: Камалак, 1991.


  8. Ҳаққул И. Навоийга қайтиш. 1-китоб. –Т., 2007.


  9. Ҳаққул И.Навоийга қайтиш. 2-китоб. –Т., 2011.


  10. Алишер Навоий: қомусий луғат. 1-2-жилдлар /Масъул муҳаррир Ш.Сирожиддинов. – Т.: Шарқ, 2016.





3-Mavzu. Alisher Navoiy devonlari
Reja:
        1. “Ilk devon” tarkibiga doir.


        2. “Oqquyunli muxlislar devoni” haqida.


        3. “Badoyi’ ul-bidoya” va “Navodir un-nihoya” devonlari yaratilishi haqida.


        4. “Xazoyin ul-maoniy” majmuasidagi devonlar.


O'zbek mumtoz she’riyati tarixida lirik janrlar rivojining yangi bosqichga ko'tarilishi bevosita Alisher Navoiy lirikasi bilan bog'liq. Navoiy she’riyat maydoniga kirib kelgan davrda o‘zbek adabiyotida lirik turning qasida, g'azal, masnaviy, tuyuq|, fard kabi janrlari she’riy shakl sifatida o'z takomiliga yetgan, qit’a, ruboiy, musamman, tarkibband, tarji’band kabi janrlar esa shakllanish bosqichida edi.


Alisher Navoiygacha turkiy she’riyat maydonidn Atoyi, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Hofiz Xorazmiy kabi sohibdevon shoirlar qalam tebratib, ularning aksariyati haqida Navoiy o`z asarlarida ma’lumot berib o'tadi. Atoyi devoni faqat g`azal janridagi she’rlardan iborat bo’lsa, Sakkokiy devonining bizgacha yetib kelgan nusxalarida 40 ga yaqin g'azal va 11 (ba`zi ma`lumotlarga ko'ra 13) ta qasida mavjud. Gladoiy va Lutfiy devonlari lirik janrlar ko`lamining bir oz kengligi bilan xarakterlanadi. Agar Gadoiy devonida g'azal janri bilan birgalikda mustazod, qasida va qit'a janrlari ham mavjud bo`lsa, Lutfiy devoni g'azal va qit’adan tashqari, qasida, tuyuq va fard kabi janrlarni o'z ichiga oladi. Hofiz Xorazmiy devonida esa lirik turning jami 9 janri: qasida, g'azal, mustazod. muxammas, tarkibband, tarji’band, marsiya, qit'a, ruboiy kabi janrlnrdan foydalanilganlikni ko'ramiz.
Navoiy o'z oldiga turkiy she’riyatni janrlar jihatidan mukammnl bir holatga keltirishni maqsad qildi va o'z devonlarida 10 janrni muvaffaqiyat bilan qo'lladi. Ba’zi janrlarning turkiy adabiyotga kirib kelishi Alisher Navoiy nomi bilan bog'liq bo'lsa, ayrimlarining keng ko'lamdagi rivoji shoir adabiy faoliyati bilan bog'liq.
Alisher Navoiy bolalik chog'laridanoq she’rlar mashq qilib, ustozlar e’tirofiga sazovor bo'lganligi ilm ahliga yaxshi ma’lum. Uning o'zi hali devon tartib berishga vaqt erta deb hisoblagan vaqtida Mashhadda shoirning muxlislari uning she’rlarini to'plab, devon tuzgan edilar (1465-1466). Fanda bugun “Ilk devon” deb ataluvchi ushbu to'plam tarkibida 391 g'azal, 41 ruboiy, 1 mustnzod va 1 muxnmmas, jami 4 lirik janrdagi 434 she’r mavjud.
O'g'uz turklari tomonidan Sherozda tartib berilgan (1471) yana bir devon - “Oqquyunli muxlislar devoni” esa jami 229 ta she’rdnn iborat bo'lib, ular ham 4 janrda bitilgan: 224 g'azal. 1 mustazod, 3 muxammas, 1 tarjii’band. Devonga avvalgi devonda mavjud bo'lmngnn tarji’band janri kiritilgan bo'lib. “Ilk devon”dan o'rin olgan ruboiy janridagi she’rlar ushbu devonda uchramaydi. Agar shoirning bu davrda Sayyid Hasan Ardnsherga maktub tarzida masnaviy bitganligini, Husnyn Boyqaro taxtga o'tirishi munosabati bilan “Hiloliya” qasidasini ham yozganligini hisobga olsak. Navoiy 1471-yilgacha, bizda mav­jud ma'lnmotlnr asosida, 7 ta lirik janrda she'rlar bitganligini ta’kidlash mumkin.
Agar muxlislar tuzgnn devonlardagi janrlarni solishtiradigan bo`lsak, ularda 3 ta janr umumiy ekanligi ma’lum bo'ladi: g'azal, mustazod va muxammas. “Oqquyunli muxlislar devoni”dagi 85 % g'azal “Ilk devon”da uchramaydi, bu holat ularning aksariyat qismi keyingi 5 yil orasida yozilganligini ko'rsatadi. Har ikki devonda bittadan mustazod mavjud bo’lib, “Ilk devon”ga kiritilgan mustzodning matla`si quyidagicha:

Yüklə 376,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin