1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu


Zatvorni sijitish uchun uni siljituvchi kuchni, momentni hisoblash



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə44/60
tarix07.01.2024
ölçüsü1,01 Mb.
#207743
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

Zatvorni sijitish uchun uni siljituvchi kuchni, momentni hisoblash


Ijro etuvchi qurilmalarning zatvorini siljitish uchun zaruriy kuch va kuch momentini rostlash organidagi bosimlar farqi kuchlarni aniqlaydi, bu kuchlarga ijro etuvchi mexanizm, shuningdek drosselli sirtlarning yeyilishi hisob kitob qilinadi. Muhitning statik va dinamik ta’sirlaridan holi bo`lgan zatvorga ega ijro etuvchi qurilmalarning ko`plab ko`rinishlari uchun chegaraviy ruxsat etilgan bosimlar farqi ijro etuvchi mexanizm quvvatiga bog’liq holda o`rnatiladi.

1-rasm. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmi.
∆P=Pki1-Pkir2 – bosimlar farqi.
Ijro etuvchi qurilma IQ ning asosiy tavsiflaridan biri ijro etuvchi mexanizm IM chiqish organi orqali rostlash organiga uzatiluvchi siljituvchi kuch (moment) kattaligi hisoblanadi. Bu kattalik odatda texnik pasportida ko`rsatiladi va IQ ni tanlashda va energatik hisob kitobida muhim hisoblanadi.
Siljitish kuchini yuzaga keltiruvchi energiya turiga qarab IM pnevmatik, gidravlik va elektrik turlariga. Bir vaqtning o`zida ikkita energiya turidan foydalaniladigan IM lar mavjud: elektropnevmatik, elektrogidravlik va pnevmogidravlik. Ulardan eng keng tarqalgani elektrogidravlik IM hisoblanadi.
Pnevmatik IM larda siljituvchi kuch siqilgan havo bosimini membrana, porshen yoki silfonga ta’siri hisobiga yuzaga keladi. Shunga bog’liq holda pnevmatik IM lar membranali, porshenli va silfonlilarga bo`linadi. Pnevmatik IQ larda siqilgan havo bosimi odatda 103kPa dan oshmaydi.
Gidravlik IM larda siljituvchi kuch suyuqlik bosimi membrana, porshen yoki parrakka ta’siri hisobiga paydo bo`ladi. Gidravlik IM lar bunga bog’liq holda membranali, porshenli va parraklilarga bo`linadi. Gidravlik IQ larda suyuqlik bosimi odatda (2,5-20) 103 kPa oraliqda bo`ladi. Gidravlik IQ larning alohida kichik sinfi gidromuftali IQ dan tashkil topadi. Pnevmatik va gidravlik membranali va porshenli IM prujinali va prujinasizlarga bo`linadi. Prujinali IM larda bir yo`nalishdagi siljituvchi kuch IM ning ishchi bo`shlig’idagi bosim orqali yuzaga keladi, teskari yo`nalishda esa siqilgan prujina bikrligik kuchi yordamida hosil bo’ladi. Prujinasiz IM larda ikkila yo`nalishlardagi siljituvchi kuch mexanizm ishchi organidagi bosimlar farqi orqali yuzaga keladi.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin