8-modul. Avtomatlashtirishning texnik vositalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning raqamli qurilmalari. 8.2-mavzu: Sanoat kontrollerlari. Mikro-EXM. Bir kristalli kontrollerlar. Avtomatika sistemalarining dasturiy ta’minoti. Reja:
1. Mikro-EXM. Bir kristalli kontrollerlar.
2. Avtomatika sistemalarining dasturiy ta’minoti.
S7-300/S7-400 dasturlanadigan kontrollerlarining tarkibi
S7-300/S7-400 kontrollerlar oilasi oddiy va murakkab elementlarni o‘z ichiga oladigan mantiqiy dasturiy kontrollerlardan tashkil topadi. Hajmi va umumiy imkoniyatlari har xil bo‘lgan bu kontrollerlarning qo‘llash xarakteristikasi, xotirasi, ma’lumotlar tarkibi, manzillari (adresslari), dasturiy tili va qo‘llanilish to‘plami bir xil. Ular, lokal hisoblash tarmoqlarini qo‘llab, oddiy tizimlar (operator paneli, kiritish/chiqarish qurilmalari) bilan oson integrallashadigan Step 7 dasturlash vositalari orqali farqlanadi.
Komponentlari S7-300 va S7-400 kontrollerlari modulli bo‘lib, har biri asosiy komponentlardan tashkil topadi. Bu komponentlar keyingi 4-bobda bayon etiladi. Dasturlash qurilmasi umumiy foydalanuvchi interfeysini yaratish, saqlash, xatoliklarni qidirish va dasturni boshqarishni ta’minlaydi. Ushbu komponentlarni har biri S7-300/S7-400 kontrollerlarini sozlash uchun qo‘llaniladi.
Component nomi
O‘zbek tilida
Belgisi
Vazifasi
Racks
Karkas
-
Foydalanuvchi tomonidan tanlanadigan turli modullar o‘rnatiladigan montaj asosi
Power Supply
Ta’minot manbai
PS
Karkas va modullarga kuchlanish berish manbai
Central Processor
Markaziy Protsessor
CPU
Foydalanuvchi dasturlari va ma’lumotlarini nazorat qilish jarayonini boshqaradi
Signal Modules
Signallar modullari
SM
O ‘lchash qurilmalari va datchiklardan olinadigan raqamli/analog I/O signallari interfeysi
Function Modules
Funksional modular
FM
CPU dan mustaqil bo ‘lgan nazorat qiluvchi intellektual modullar
Communication Processors
Kommunikatsiya protsessori
CP
S7 DMK va boshqa qismlar o‘rtasida o‘zaro aloqani tashkil etish uchun ishlatiladi
Interface Modules
Modul interfeyslari
IM
markaziy va yordamchi karkasning S7-300 va S7-400 lari o‘rtasidagi local va nolokal bog‘lanishlarni amalga oshiradi
Programming Device
Dasturlash qurilmasi
PG/PC
PG o‘zida Step7/Step5 dasturlarini ishlab chiqishga moslashgan shaxsiy kompyuterlarni namoyon etadi; PC foydalanuvchi tomonidan tuziladigan dasturlash tizimi hisoblanadi
Multi-point Interfeys
Ko’p nuqtali interfeys
MPI
MPI ning komponentlari (CPUs, CPs, FMs, operator paneli (OPs)) bilan quyi tarmoqdagi qurilmalarni ulovchi tarmoq
Distributed I/O
Taqsimlangan I/O (kirish/chiqish)
DP
I/O (kirish/chiqish) qurilmalari (yoki DP-yordamchi qurilmalar) DP-master bilan standart EN50170 Volume ProfiBus DP orqali ulanadi