O`zbekistonning eng yangi tarixi fanini o`rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
Tarixni davrlashtirish.
Istiqlol yillarida O`zbekistonda tarix fani ham muayyan o`zgarishlarga yuz tutdi. Sovet mafkurasi to`laligicha va qat‘iyan rad etilib, ko`p omilli metodologik yondashuvlarga jiddiy e‘tibor qaratildi. Milliy istiqlol g`oyasiga asoslangan yangi metodologik yondashuvlar paydo bo`ldi, ilm-fanning muammoli sohalariga shu kungacha o`rganilmagan mavzular kirib keldi, ko`plab tarixiy voqealarga yangicha izohlar berila boshlandi, yangicha ta‘lim standartlari,
dasturlar, darslik va metodik qo`llanmalar ishlab chiqildi. Lekin, shunga qaramay, hali qilinishi lozim bo`lgan ishlar juda ko`p. O`tgan davr mobaynida O`zbekistonning eng yangi tarixidagi voqealar ko`lami va o`sish sur‘ati fan va ta‘lim oldiga ularni tizimli ravishda o`rganish vazifasini qo`ymoqda. Bu, bir jihatdan, mamlakatimiz keyingi 29 yil davomida iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma‘naviy sohalarda erishgan ulkan yutuqlar yetarli darajada yoritilmagani bilan sharhlanadi.
Mustaqillik O`zbekiston xalqi tarixini xolisona o`rganish imkonini berdi. Bu omil tarixni mafkuraviy aqidalar, bir tomonlama noxolisona yondashuvlar ta‘siridan xalos etish, tarixiy voqea-hodisalar qanday sodir bo`lgan bo`lsa, shundayligicha tadqiq etish va undan to`g`ri xulosa chiqarish uchun asos bo`ldi.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda tarix faniga bo`lgan munosabat davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. O`zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimovning 1998 yil iyun oyidagi bir guruh tarixchilar bilan uchrashuvi, ―O`zbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori va ―O`zbekiston tarixi konsepsiyasining ishlab chiqilishi anashu amaliy harakatlar debochasi bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning ―Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q (1998), ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch (2008), ―O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida (2011) kabi asarlari O`zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy tarzda o`rganishning nazariy-metodologik asoslarini shakllantirishga turtki bo`lib xizmat qildi.
Vatan va xalq tarixini o`rganishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevlarning asarlari, maqola va nutqlari, Farmon va qarorlari, 2016-2020 yillarda qabul qilingan Qonun va meyoriy hujjatlar ham muhim nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
E‘tibor berish lozimki, tarixning yaratuvchisi va ijodkori bu – xalq. Bo`lib o`tgan tarixiy- madaniy jarayonlar, voqelik va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur etish aslo mumkin emas. Tarix xalqning fikr-tafakkuri va dunyoqarashining hosilasi. Aynan shuning uchun ham – tarix ibrat maktabi bo`lib, o`tmishda yo`l qo`yilgan nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, hushyorlik va ogohlikni targ`ib etuvchi, buzg`unchi g`oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag`rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ibrat maktabidir. Shuningdek, xalq xotirasi, o`tmish, ushbu o`tgan tarixiylikni o`quvchilarga haqiqiy yetkazish tarixni fan darajasiga ko`taradi. Tarixni fan sifatida o`qish, o`rganish, talqin etish va chuqur anglab yetish bevosita ilmiy tadqiqotlarning samarasi hisoblanadi. Faqat ilmiy tadqiqotlar orqaligina bo`lib o`tgan tarixiy-madaniy jarayonlarni xolis tahlil qilish va mantiqiy talqin etish qiyosiy va tanqidiy solishtirish asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, tarixiy dunyoqarash asosida voqea-hodisalar, tarixiy jarayonlarga baho berish, tarix falsafasini anglab yetish imkoniyatlari kengayadi. Aynan shuning uchun ham tadqiqotlar natijalarini doimiy ravishda fanga joriy etib borish metodologik jihatdan ulkan ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik bizga barcha imkoniyatlar bilan birgalikda haqqoniy tarixni yoritish va o`rganish imkoniyatini ham berdi. Shu jihatdan tarixni yoritish va o`rganishda birinchi navbatda bilish nazariyasining dialektik metodidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Olam yagona va yaxlit, barcha hodisa-voqealar umumiy va o`zaro bog`liqlikda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo`lishi dialektikaning asosiy tamoyillaridir. Dialektik metodologiya barcha mamlakat va xalq tarixini, shuningdek, O`zbekistonning eng yangi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog`liq holda o`rganishni talab etadi.
O`zbekistonning eng yangi tarixi tarixi Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, bashariyat tarixi bilan chambarchas bog`langan. Qadimdan bugungacha O`zbekiston Markaziy Osiyo va qo`shni mintaqadagi ko`pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo`lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug`, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o`zaro ta‘sir va aloqada bo`lgan, qo`shilish, aralashish jarayonlarini boshdan kechirgan, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy hayoti bir-biri bilan uzviy bog`liqlikda o`tgan. Bu holatlar O`zbekistonning eng yangi tarixini qo`shni mamlakatlar tarixi bilan bog`liq holda o`rganishni taqozo etadi. Qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg`on, hind, arab va
boshqa xalqlarning zamonaviy tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O`zbekistonning eng yangi tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama mukammal o`rganish imkoniyatiga ega bo`lamiz.
Tarixiy voqea-hodisalarni tahlil etish, yoritish va o`rganishda alosilox, yxoolosh, xlloxoos ax somsh hlolxiyoa muhim metodologik qoida hisoblanadi. Xolislik qoidasi tarixiy voqea- hodisalarni o`rganayotganda, ular bilan bog`liq barcha jarayonlarning hech bir istisnosiz butun majmuani birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o`zaro aloqada va munosabatda tekshirish lozim.
Tadqiqotchilar to`g`ri ta‘kidlaganlaridek, ―Tor doirada tug`ilgan bir g`oyani, uydirmani oqlash lozim bo`lsa, faktlar silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish
―tajribasi sir emas... Bu usulda chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bo`lmay, u bir
tomonlamalikka olib keladi.
Tarixiy voqea-hodisalarni o`z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o`rganish ham muhim ahamiyatga ega. Voqea-hodisalarni o`rganishda tarixiy rivojlanish jarayoniga e‘tibor qaratmoq zarur. Shu jihatdan tarixni yoritish va o`rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim o`rin tutadi. Har bir voqea-hodisani boshqa voqea-hodisa bilan bog`lab o`rganilgandagina mazkur voqea-hodisalarning umumiy tarixiy jarayonidagi o`rnini to`g`ri aniqlash, belgilash mumkin bo`ladi. Har bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bo`lagi deb qaramoq zarur. Ularning qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo`lganligini, o`z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o`taganligini, keyinchalik u qanday bo`lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir.
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o`tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o`tmish hozirgi zamonni yaratdi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. O`tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqillik mazmun-mohiyati va ahamiyatini mukammal tushunamiz, kelajakni to`g`ri tasavvur etamiz.
Tarixiy jarayonni o`rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga ham rioya qilmoq zarur bo`ladi. Ijtimoiy yondashuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o`rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa – kambag`allar, yo`qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bo`lib, u tarixni soxtalashtiradi, to`g`ri xulosaga olib kelmaydi.
Mamlakat yurtboshisiz, boshliqsiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz, amaldorlarsiz bo`lmasligini isbot etishning hojati bo`lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarni yoppasiga qoralash to`g`ri emas.
Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo`lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko`rsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, jamiyatda u yoki bu yo`ldan rivojlanishdagi rolini bilib olishda ham muhim ahamiyatga egadir. O`zbekiston tarixini o`rganishda milliy qadriyatlar, xalq an‘ana va urf-odatlarini, din tarixi, odamlarning diniy e‘tiqodlari, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularga hurmatlash, e‘zozlash nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma‘naviy madaniyatini, axloqiy mezonlarini ikkiga: ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bo`lish va birinchisini qoralashdan iborat bolsheviklarcha yo`riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko`rsatdi. Ma‘naviy merosga bunday yondashuv ma‘naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyat va urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga olib kelganligini ham unutmaslik kerak.
O`tmishning tarixiy jarayonlarini tahlil etish, yoritish va o`rganishda Vatan manfaati nuqtai-nazaridan yondoshib, milliy istiqlol g`oyasi tamoyillariga tayanib ish tutish juda muhim hisoblanadi.
Tarixni o`rganishda yuqoridagi nazariy-metodologik qoidalar bilan bir qatorda, dalillarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O`zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, ―o`tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo`lishi zarur (Oliy Majlisga Murojaatnoma. 28.12.2018).
Vatan tarixini yoritish va o`rganishda uni to`g`ri davrlashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Uzoq davr mobaynida tarixni o`zlari bilganlaricha davrlashtirishlar tarixni yoritish va o`rganish borasida buzilishlarga olib keldi.
Sobiq ittifoq tarkibidagi xalqlar tarixi, jumladan, yurtimiz va xalqimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy harakatlarga asoslangan markscha qarashlarga mos holda davrlashtirildi. Shu bois, fanda ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga bo`lingan davrlar o`rin oldi.
1991 yilgacha tarixni davrlashtirish masalasida boshqa yondashuvlar ham mavjud edi. Arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligini asos qilib olib, insoniyat tarixini qadimgi tosh, o`rta tosh, yangi tosh, mis-tosh, bronza, temir davrlariga bo`lgan edilar. Xorij olimlaridan L.Morgan va F.Engels tarixni uch davrga: yovvoyilik (tayyor tabiat mahsulotlarini o`zlashtirish), vahshiylik (chorvachilik va dehqonchilikning vujudga kelishi) va sivilizatsiya (sanoat rivojlanishi) davriga bo`lgan bo`lsalar, bunday davrlashtirish nomukammal ekanligini hayotning o`zi isbotladi va rad etdi.
Mustaqillik yillarida tarixga yangicha yondashuv, uni haqqoniy yaratish borasidagi vazifalar taniqli tarixchi olimlarni bu masalaga aniq mazmun va mohiyat kiritishiga imkon yaratdi. Taniqli tarixchilardan akademik A.Asqarov va E.Rtveladze tarixni davrlashtirish borasida bugungi kun nuqtai nazaridan kelib chiqib, yangi ijobiy fikrlarni oldinga surdilar. Masalan, akademik A.Asqarov jamiyat hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar, O`rta Osiyo tarixining rivojlanish darajasi va shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatlardan kelib chiqib, O`zbekiston tarixini davrlashtirishdagi asosiy omillarni izohlashga harakat qildi.
Nazarimizda, har bir davr qaysi asr va yillarni o`z ichiga olishini aniq ko`rsatib va oltinchi davrni ―O`zbekistonning eng yangi tarixi davri deb nomlab, quyidagi tartibda berish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |