1-modul. O`Zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 71,11 Kb.
səhifə4/9
tarix09.05.2023
ölçüsü71,11 Kb.
#110230
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi

lxaroxrosog olmoxosiys

lxaroxr xirs ax hsooxrs

1.

Ibtidoiy jamoa tuzumi davri

Mil.avv. 1 million – III ming yilliklar

2.

Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va
rivojlanishi davri

Mil.avv. II ming yilliklar –
Milodiy IV asr

3. O`

rta asrlar davri

Milodiy V – XIX asr o`rtalari

4.

Rossiya imperiyasi
mustamlakachiligi davri

XIX asr 2 yarmi – 1917 yil

5.

Mustabid sovet hokimiyati
hukmronligi davri

1917 – 1991 yillar

6.

O`zbekistonning eng yangi tarixi davri

1991 yildan bugungi kungacha

Oltinchi davrni ―O`zbekistonning eng yangi tarixi davri deb nomlashning muhim sababi, O`zbekiston 1991 yil 31 avgustda davlat mustaqilligiga erishdi va o`zining eng yangi tarixini boshladi. Bu davrda o`zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yo`lidan borib, qisqa fursatda asrlarga tatigulik sharafli yo`lni bosib o`tdi, jahon miqyosida o`z o`rnini topdi. Shu ma‘noda ushbu davr maxsus o`rganilishi kerak bo`lgan xalqimiz tarixining ajralmas qismiga aylandi.


Eng yangi tarix – juda ko`p ilmiy bahs-munozaralar predmeti. Ba‘zan u tor ma‘noda tushuniladi, ya‘ni so`nggi o`n yilliklar yoki ushbu davrdagi bir avlodning tarixi sifatida; boshqa yondashishda esa uning boshlanishi avvalgi tarixiy davrlardan farqli bo`lgan asrning o`ziga xos jihatlari bilan belgilanadi. O`zbekistonning eng yangi tarixi mazkur yondashuvlarga muvofiq keladi, shu bilan birga, uni davrlashtirish masalasi yuzaga keldi.
Eng yangi tarixni davrlashtirish tamoyillari bo`yicha ham turli yondashuvlar mavjud. Ba‘zi olimlar ―Eng yangi tarix deganda, ―Yangi davrni, ya‘ni Yevropa va Shimoliy
Amerikada kapitalizmning qaror topishi va rivojlanishi davrini tushunishadi. Madaniyatshunoslik yondashuvlariga asoslangan G`arbdagi tarix ilmiy maktablari ―Eng yangi tarixni ilm-fanning o`sishi, texnikadagi rivojlanish, shuningdek, ongning sekulyarizatsiyasi bilan xarakterlangan inson va jamiyat tafakkuri hamda madaniyatidagi o`zgarishlar bilan asoslashadi.
Shu bilan birga, turli ilmiy yo`nalishlarda eng yangi tarix quyidagi holatlar bilan bog`lanadi:

  1. chet el zulmidan ozod bo`lish;

  2. mustaqil milliy davlat barpo etish jarayoni.

O`zbekistonning yangi tarixi mustaqillikni qo`lga kiritish va O`zbekiston Respublikasining rivojlanish tarixidir. Shu boisdan, bu tarixning boshlanish nuqtasi sifatida sovet totalitar tuzumining so`nggi o`n yilligi davrida O`zbekiston uchun o`ta xavfli voqealarga boy bo`lgan 1989 yilni ko`rsatish mumkin. Ushbu voqealar negizida esa inqirozga yuz tutgan ma‘muriy- buyruqbozlik tizimi, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini inobatga olmaslik siyosati va paxta yakkahokimligi oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik ahvolning, insonlar hayot darajasining fojiali yomonlashuvi yotar edi. O`zbekiston tarixining eng murakkab davrida siyosat maydoniga kelgan Islom Karimovning jasorati, say-harakatlari natijasi o`laroq, respublika manfaatlari qat‘iyat bilan himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy parokandalikdan, ichki va tashqi nizolardan saqlab qolishga erishildi. Natijada 1991 yilda O`zbekiston mustaqil davlat deb e‘lon qilindi. Bu o`zbek xalqi va davlatchiligi rivojlanishida yangi, hal qiluvchi nuqta bo`lib qoladi.
Ikkinchidan, O`zbekisgonning suveren davlat sifatidagi eng yangi tarixi insoniyat tarixi rivojlanishidagi yangi bosqichga to`g`ri keldi. Bu bosqichda biz yangi davrga qadam qo`ymoqdamiz, ko`z o`ngimizda jahonda butunlay yangi tartib o`rnatilmoqsa. O`zbekistonning eng yangi tarixi esa insoniyat eng yangi tarixining ajralmas qismi sifatida zamonaviy dunyoning global voqealari bilan chambarchas bog`liq.
Bundan tashqari, eng yangi tarixni o`rganish tarixchilarning yangi avlodi paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Bu, o`z navbatida, zamonaviy nazariyada muhim hisoblangan bir savol – tarixchining jamiyatga berayotgan o`tmish haqidagi bilimlariga nisbatan javobgarligi masalasini yuzaga chiqaradi. Va nihoyat, eng yangi tarix – uning zamondoshlari tarixi. Biz barchamiz – O`zbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu tarixning bevosita guvohlari va ijodkorlarimiz.
Umumlashtirgan holda aytish mumkinki, O`zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o`tgan yo`lining mazmun-mohiyatini obyektiv baholagan holda, O`zbekistonning yangi tarixini quyidagi bosqichlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq.

Yüklə 71,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin