1-modul. O`Zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 71,11 Kb.
səhifə5/9
tarix09.05.2023
ölçüsü71,11 Kb.
#110230
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi

1989-1991 yillarni qamrab olgan birinchi bosqich. ―Mustaqillikka erishish arafasida mamlakatimiz keskin ijtimoiy muammolar girdobida qolib ketgan tahlikali bir paytda mavjud vaziyatning ijobiy tomonga o`zgartirilishi, yangi avlodga mansub siyosatchi Islom Karimovning respublika rahbari lavozimiga kelishi, O`zbekistonda mustaqillik g`oyalarining pishib yetilishi, davlat mustaqilligi tarixiy tasodif ta‘sirida emas, balki respublikada yuzaga kelgan ziddiyatli va murakkab vaziyatdan chiqish yo`l-yo`riqlarini qidirish hamda sobiq Itgifoq rahbariyatining O`zbekiston yetakchisi Islom Karimov siyosatiga qarshi qaratilgan fitnalarining oldini olish yo`lidagi kurashlar bilan xarakterlanadi. Mazkur yillarning alohida davr sifatida e‘tirof etilishida I.Karimovning ―O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asaridagi xronologik yondashuv konseptual asos bo`lib xizmat qiladi.
Ikkinchi bosqich 1991 yildan 2000 yilga qadar bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan o`tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo`yildi.
Shu davrdan boshlab, bir necha avlod davrida shakllanib kelgan va odamlar ongiga singib ketgan kommunistik mafkura aqidasidan voz kechilib, Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Milliy istiqlol g`oyasining asoslari shakllandi. Buning ta‘sirida demokratik qadriyatlarning hayotdagi o`rnini mustahkamlash imkoniyati tug`ildi, mamlakatni jahon hamjamiyatiga integratsiyasiz tasavvur qila olmaydigan yangi avlod vakillari maydonga chiqdi. Bu mamlakatda
tub siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ruhiy o`zgarishlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishida
muhim omil bo`ldi.
―O`zbek modelining hayotga joriy etilishi natijasida tarixan qisqa davr ichida ma‘muriy- buyruqbozlikka asoslangan eski sovet tizimi o`rniga milliy davlatchilik asoslarini yuzaga keltirishga qaratilgan huquqiy baza yaratildi. Yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayoni boshlandi. Bu davrda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash bilan bir qatorda, milliy urf-odatlar, an‘ana va qadriyatlarni saqlash hamda taraqqiy ettirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.

Yüklə 71,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin