2000-2010yillarniqamrabolganuchinchi bosqichda mamlakatda demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi sifatida o`tish davrining obyektiv ehtiyoji hamda milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o`tish vazifasi kun tartibiga qo`yildi.
Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi.
Shu bilan birga, Islom Karimovning ―... erishilgan bunday marralar - barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik hukuqiy davlat qurish, inson, uning manfaati, huquq va erkinliklari so`zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan, jahon miqyosida obro`-e‘tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o`z oldimizga qo`ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo`lning bir qismi, xolos (KarimovI.A.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsensiyasi. 19-j.–T., “O`zbekiston”. 2011. B-39.), degan fikrlari yuqoridagi mulohazalarimizni tasdiqlaydi.
Mustaqil davlatimiz 2010yildanboshlabyangi-turtinchibosqichgaqadamqo`ydi. Ushbu bosqich demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish bosqichi hisoblanadi.
Bu davrda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so`z erkinligini ta‘minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni yanada liberallashtirish maqsadida demokratik bozor islohotlarini chukurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2016 yildanO`zbekiston yangi tarixining beshinchi bosqichi boshlandi. Bu davr 2016 yil sentabr oyidan O`zbekiston Respublikasining Prezidenti vazifasini bajaruvchi, 2016 yil dekabr oyidan esa umumxalq tomonidan O`zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylangan SH.M.Mirziyoyev faoliyati bilan bevosita boshlanuvchi davrdir.