1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə36/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Hokimlikning tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ijroiya hokimiyati organi qayta tashkil etildi. Bu borada milliy davlatchilik tarixi tajribasidan ijodiy foydalanildi. Jumladan, Amir Temur davridagi davlatchilikka nazar tashlasak, o‘sha zamonlarda viloyatlar, shaharlar hokimlar tomonidan yakkaboshchilik asosida boshqarilganiga guvoh bo‘lamiz.
1992-yil 4-yanvarda “O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi ta‘sis etildi. Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati organlarigagina emas, shuningdek, mahalliy vakillik organlariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida mustahkamlandi. Hokimning vakolat muddati 5 yil bo‘lib, u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisoblanadi.
Ijro organlarida bog‘liqlikni ta‘minlash maqsadida, viloyat hokimlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga boysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta‘sis etildi, ularning apparati

  • hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi.

1992-yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati – hokimiyatlar tuzildi.
Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar Konstitutsiyaning 100-va 101-moddalarida aniq belgilab qo‘yilgan. Ular quyidagilardan iborat:

    • qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlash;

    • hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

    • mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;

    • mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;

    • atrof-muhitni muhofaza qilish;

    • fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta‘minlash;

    • normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish;

    • O‘bekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirish;

    • xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qilish, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish.

Mustaqillik yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish boyicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida ijro hokimiyati bilan vakillik hokimiyati bir-biridan rasman ajratildi. Hokimlar xalq deputatlari Kengashlariga bo‘ysunmaydi, ammo Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarni joylarda ham vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holatini vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunadi, deb tushunmaslik kerak. Vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunmaydi, vakillik organlari ishini tashkil qilishga hokimlar boshchilik qiladilar.
Hokim mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fiiqarolarning manfaatiga mos ravishda hal qilish bilan shug‘ullanadi. Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. Hokimlar o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar o‘z faoliyatida jiddiy xatolarga yo‘1 qo‘ymoqdalar. O‘zlariga yuklatilgan mas‘uliyatli vazifalarni bajarishni uddalay olmagan, o‘z lavozimini suiiste‘mol qiluvchi hokimlar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ular vakolat muddatidan oldin hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organliri faoliyatini takomillashtirishda 2017 yil 7 iyunda qabul qilingan ―Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5075) hamda ―Mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida O‘zR Prezidentining Qarori (PQ-3042) muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
SH.Mirziyoyevning OMga Murojaatnomasida (28.12.2018) Mahalliy davlat hokimiyati
tizimini o‘zgartirish borasida qator takliflar ilgari surildi:
mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas‘uliyatini qayta ko‘rib chiqishimiz,
ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim.
Hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda aksariyat hokimlarda mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olib, mustaqil qaror qabul qilish va tashabbuskorlik yetishmayapti.
Ma‘lumki, 2018 yilda Toshkent shahrida eksperiment tariqasida davlat boshqaruvining yangi tartibi joriy etilib, shahar hokimi va tuman hokimlariga moliya, iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, uy-joy va kommunal xizmat sohalari rahbarlarini tayinlash vakolati berildi.
Natijada 30 dan ortiq komissiya va kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari tegishli hududiy organlarga berildi. Samarasiz ishlayotgan 12 ta davlat unitar korxonasi tugatildi.
Davlat byudjetiga tushadigan mablag‘larning bir qismini mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish tartibi o‘rnatilgani tufayli Toshkentda soliq tushumi prognozga nisbatan 2 trillion so‘mga ko‘paydi.
Davlat boshqaruvi sohasida ijobiy natija berayotgan ana shu eksperimentni endi boshqa hududlarda ham joriy etishimiz zarur.
Kelgusida hokimning ayni vaqtda Xalq deputatlari kengashi raisi sifatida faoliyat
ko‘rsatishiga doir tartib bekor qilinishi lozim.
Mamlakatimizda 2019 yil 22 dekabrda navbatdagi Xalq deputatlari tuman, viloyat va
shahar Kengashlari deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Ma‘lumki, so‘nggi yilarda xalq bilan muloqotning yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi. O‘z.R. Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Parlamentga Murojaatida aytilganidek, Virtual va Xalq qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ziyod murojaat kelib tushayotgani xalq bilan muloqotni yangi bosqichga olib chiqishni talab etadi.
Endi 2020 yildan boshlab davlat idoralari rahbarlari va hokimlarning ushbu murojaatlarni qay darajada hal etayotgani bo‘yicha hisobotini parlament va xalq deputatlari kengashlarida muntazam eshitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Prezidentimizning qayd qilishicha amaldagi qonun hujjatlarida hokimliklarning 300 ga yaqin vazifa va funksiyalari nazarda tutilgan. Shundan 175 tasi, mazmun-mohiyatiga ko‘ra,
hokimlarning asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi va turli idoralarning funksiyalarini takrorlaydi.
Bu esa, ish sifati va ijro intizomiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi tabiiy.
Shu sababli hozirda hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga xos bo‘lmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegishli organlarga o‘tkazishni ta‘minlash bo‘yicha islog‘tlar o‘tkazilmoqda.
Mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadini taqsimlash, nafaqa oluvchilarni adolatli belgilash, ijro organlari rahbarlari ishiga baho berish bundan buyon Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida amalga oshiriladi.
Shunday qilib, Mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi davlat hokimiyati va boshqaruv tartiblari tubdan yangi shaklda barpo etildi. Mahalliy davlat hokimiyatini shakllantirishda o‘zbek milliy davlatchiligining tarixiy an‘analari, rivojlangan davlatlarning zamonaviy tajribalari inobatga olindi.
O‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning eng oliy shakli mahalladir. O‘zini o‘zi
boshqarishning mazkur shakli asrlar osha yashab kelmoqda.
Mahalla mamlakatimizda ko‘p asrlardan buyon mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekiston davlat
mustaqilligiga erishganidan keyingina u munosib ijtimoiy-huquqiy maqomga ega bo‘ldi.
1992 yil 12 sentabrda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Farmoni bilan ―Mahalla Respublika xayriya jamg‘armasi tashkil etilgani, 1993 yil 2 sentabrda "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi Qonun (O‘zRning "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zR OMning Axborotnomasi. 1999. 5-son. 110-modda) qabul qilinganining o‘ziyoq mahalla institutining davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanayotgaligining yorqin dalilidir.
Jamiyat taraqqiyoti takomillashgan sari hamda bozor munosabatlariga o‘tish davrida, ayniqsa, fuqarolik jamiyatini shakllantirishga oid yangi ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi bilan ushbu Qonunni ma‘lum normalar bilan to‘ldirish ehtiyoji sezildi. Shu boisdan 1999 yil 14 aprelda O‘zRning ―Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilindi
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar jumlasiga O‘zR Prezidentining 1998 yil 23 apreldagi "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Farmoni, O‘zR VMning 1999 yil 19 apreldagi "Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qarori mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining rivojlanishida muhim rol o‘ynadi.
Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizning xotirjam mehnat qilishini ta‘minlashda mahallaning xizmati katta. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda fuqarolarning ongli ishtirok etishini maqsad qilib, 1999 yil 19 aprelda "Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, "Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari to‘g‘risida"gi nizomlarni tasdiqlash haqida VMning qarori qabul qilinib, respublikamizning barcha hududlarida "Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari tashkil etildi.
Mahalla oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, oilalarni mustahkamlash, odamlarni loqaydlik, boqimandalik kabi illatlardan forig‘ etish, aholini tom ma‘nodagi fuqarolik jamiyatini barpo etishga safarbar qilish.
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ajralishlarning oldini olish va nizolashayotgan taraflarni yarashtirish masalasida qator ishlar amalga oshirilmokda. Ta‘kidlash joizki, fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan Yarashtirish komissiyalarining vazifasi faqat nizoli oilalardan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqishdangina emas, balki nizoni keltirib chiqaruvchi sabablarni atroflicha o‘rganib, oilalarda sog‘lom turmush
tarzini keng targ‘ib qilishdan ham iborat hisoblanadi.
Birinchi Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, "Oilaviy kelishmovchiliklarni nari borsa mahalla doirasida, ko‘pni ko‘rgan keksalar, faollar yordamida, hech kimga ovoza qilmay, ortiqcha rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymay hal etish bu ota-bobolarimiz amal qilib kelgan azaliy odatdir. Bunday yarashuv jarayonlarini mahallalarda amalga oshirish uchun obro‘li oqsoqollar, ota- onalar bor, kerak bo‘lsa, jamiyatda odob-axloq, sharmu hayo kabi fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan ma‘naviyat faollari, mahalla imomlari bor. Biz ularning bilim va tajribasi, kuch va imkoniyatlarini jamiyat hayotining ustuni bo‘lgan oilani mustahkamlashga qaratmoqchimiz. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, biz yurtimizda erkin demokratik jamiyat barpo etyapmiz. Lekin har bir hayotiy masalada bizning o‘z fikrimiz, o‘z qarashimiz bor" (Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimnz o‘z kuch-qudratimizga hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq. 12-j. - T.: O‘zbekiston, 2004. B 101-108.)
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining muqaddimasida xalqlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish zarurligiga e‘tibor qaratish lozim, deb belgilangan. G‘arb mamlakatlarining ayrim siyosatchilari ham O‘zbekistondagi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining o‘ziga xosligini yuqori baholashgan. Jumladan, nemis siyosatchisi Artur Faynberg: "Mahalla inson huquqlarini hurmat qilgani holda yoshlarni tarbiyalashga, uning kamol topishiga ko‘mak beruvchi jamiyat instrumenti, deb baho bergan. Shu bilan birga, individualizm singib ketgan G‘arb mutaxassislari uchun bu tizimning tub mohiyatini tushunish mushkulligini ham obyektiv tavsiflab berishgan.
2017 yil 3 fevralda ―Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi O‘zR Prezidentining Farmoni (PF-4944) qabul qilindi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, fan rivoji uchun boshlang‘ich maktablar qanday vazifani bajargan bo‘lsa, mahalla institutlari mustaqillikni mustahkamlash uchun xuddi shunday vazifani bajaradi. Mahalla xalqqa hukuq va erkinliklardan foydalanish yo‘lini ochadi, shuningdek, unga osoyishta hayotdan bahramand bo‘lishni o‘rgatadi. Mahalla taqdiri mamlakat taqdiri bilan chambarchas bog‘liq. Mahalla obod bo‘lsa, yurt obod, mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi.




  1. Yüklə 1,27 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin