Ish haqini tashkil etishning asosiy shakllari
Reja:
Kirish
I -bob. Ish haqining mazmuni va
tashkil etish shakllari
I.1. Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati
I.2. Ish haqini tashkil etish shakllari va ularni tavsiflash
II - bob. Ish haqini tashkil etishda turli yondashuvlar va to`lash tartibi
II.1. Ish haqini to’lash tartibi. Rag’batlantiruvchi to’lovlar
II. 2. Ish haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning taqsimlanish
tamoyillari, shakllari, usullari muhim muammo bo’lib, iqtisodchilar e’tiborini
jalb etib
hamda ular o’rtasida turli tortishuvlarga sabab bo’lib keladi. Shunga ko’ra, kishilarning
hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo’l-
gan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tgan davrdan to hozirga qadar
xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida muhim o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Korxona-
larda, tashkilotlar va idoralarda mehnatni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish
yo’llari muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Xalq turmush farovonligini oshi-
rish Respublikamiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarning bosh
maqsadidir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish juda keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar yechimini topishni taqazo qiladi. Ma’lumki, xalq xo’jaligi
ishlab chiqari-
shida, turli sohalar va jamiyat qatlamlarida, ish joylarida korxonalar ishini to’g’ri yo’lga
qo’yish, tashkil etish,moddiy texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarga ijtimoiy ado-
lat prinsiplari asosida ish haqi to’lashni tashkillashtirish taraqqiyotni ta’minlashda mu-
him rol o’ynaydi.
Ish haqi - tashkilot xodimlarining asosiy daromad manbai,
uning yordami bilan
mehnat va iste'mol o'lchovi nazorat qilinadi. Ish haqi iqtisodiyotni boshqarishning eng
muhim vositasidir, shuning uchun davlat mehnatni tashkil qilish va ish haqining huqu-
qiy asoslariga alohida e'tibor beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi
ham
aholining daromadlarini, jumladan ish haqlari miqdorini oshirish hisoblanadi. Bu
to’g’risida prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ham quyidagi fikrlarni bildirganlar: “Aholi
daromadlarini oshirish, qo’shimcha ish o’rinlari
yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni
ko’paytirish uchun bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Buning uchun bozor iqtisodiyoti
va davr talablariga mos ko’plab qonun va qarorlarni qabul qilayapmiz. Lekin, afsuski,