-shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo’shatilgan xodimlarga ishga joylash-
magan vaqti uchun.
Xodimning o’z mehnat vazifalarini bajarilishi yoki boshqa joydagi ishga ko’chib
o’tishi, yohud, boshqa joydagi ishga ko’chirilishi va qabul qilinishi bilan bog’liq sarf-
harajatlarini qoplash maqsadida to’lanadigan haq badal to’lovlari, deb ataladi. Bunday
to’lovlarga quyidagilar kiradi:
-xizmat safariga yuborilganda beriladigan badal;
Bunda safar muddati yo’lga ketgan vaqtni hisobga olmaganda 40 kundan ortiq
bo’lmasligi kerak. Xizmat safariga yuborilgan xodimga sutkalik pul, yo’l kira haqi va
turar-joy ijarasi haqi to’lanadi. Sutkalik pul dam olish va bayram kunlarini ham qo’shib
hisoblab, xizmat safarining har kuni uchun to’lanadi. Safarga jo’nagan va undan qayt-
gan kuni bir kungi hisoblanadi.
-ishchi va xizmatchilarga tegishli asboblarning eskirishi uchun to’lanadigan badal;
Uning miqdorini ma’muriyat xodim, hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan keli-
shilgan holda belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: