I -bob. Ish haqining mazmuni va tashkil etish shakllari
I.1. Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati
Ish haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga
ularning mehnati
uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. Ish haqi asosiy va qo’shimcha qismlardan
iborat. Asosiy qism ish haqining nisbatan doimiy qismi hisoblanadi. Unga tarif bo’yicha
belgilangan maosh, ustama va qo’shimcha haqlar kiradi. Ustama va qo’shimcha haqlar
muayyan muddatga belgilangadi, hamda ish yomonlashgan taqdirda (mehnat sharoiti
uchun to’lanadigan haqda tashqari) bekor qilinadi. Qo’shimcha qismga yil yakunlariga
ko’ra, mehnatning umumiy natijalari uchun beriladigan mukofot va rag’batlantirishlar
kiradi.
Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turishning davlat va
mahalliy turlari mav-
jud. Davlat yo’li bilan normalash-davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan
mehnatga haq to’lashning umumiy shartlari belgilanishidan iborat. Mahalliy yo’l bilan
tartibga solish-huquq qoidalarida mehnatga haq to’lash shartlarini belgilashdan iborat
bo’lib, ular ma’muriyat tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda o’zlari-
ga berilgan huquqlari doirasida ishlab chiqishadi.
Ish haqining mohiyati, uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan mahsu-
lot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funk-
siya (vazifa)larida namoyon bo’ladi (1-rasm):
1. Takror hosil qilish funksiyasi. Mazkur funksiya ish haqining davlat tomonidan
tartibga solishning xususiyatlari, ish haqining ish kuchini takror hosil qilishni ta’min
etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan uzviy bog’liqdir.
2. Rag’batlantiruvchi funksiya. Xodimni o’z mehnati, natijalarini
doimiy ravishda
yaxshilab borishga qiziqtirishi lozim.
3. O’lchov-taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya iste’mol fondlarini yollanma xodim
bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o’rtasida taqsimlash vaqtida jonli mehnat o’lcho-
vini aks ettirish uchun mo’ljallangan.
4. Joylashtirish funksiyasi. Mazkur funksiyaning hozirgi vaqtdagi ahamiyati jiddiy
ravishda oshib bormoqda. Uning mohiyati mehnat resurslarini mintaqalar,
iqtisodiyot
tarmoqlari va korxonalar bo’yicha qulay ravishda joylashtirishdan iborat.
5. Aholining to’lovga qodir talabini shakllantirish funksiyasi. Bu funksiyaning vazi-
fasi to’lovga qodir talabni muvofiqlashtirishdir, bunday talab deganda, xaridorlarning
pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojlarini namoyon bo’lish
shakli tushuniladi,
shuningdek, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ham nazarda tutiladi. To’lovga qodir
talab ikkita asosiy omil-jamiyatning ehtiyojlari va daromadlari ta’sirida shakllanishi
sababli, bozor sharoitida ish haqi yordamida tovarni taklif qilish bilan talab o’rtasida
zarur mutanosiblik o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: