Ishbay haq to’lashda asosiy mehnat normasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish nor-
masi namoyon bo’ladi. Bu norma ham qonun bilan belgilangan
ish vaqti muddatidan
kelib chiqib hisoblanadi. Xodimning asosiy mehnat vazifasini-normani bajarganligi
uchun u tarif stavkasi miqdorida ish haqi oladi. Agar bu norma bajarilmasa yoki oshirib
bajarilsa, xodimga to’lanadigan haq tegishli ravishda tariff stavkasidan kam yoki yuqori
bo’ladi.
Iqtisodiy
mohiyat nuqtai nazaridan, ish haqining ishbay va vaqtbay shakllari o’r-
tasida unchalik katta farq yo’qday tuyuladi: ularning har ikkalasi ham mehnat bozori to-
monidan belgilangan ish kuchi (mehnat xizmati) bahosi va qonun bilan belgilangan ish
vaqti muddatiga asoslanadi. Biroq, iqtisodiy adabiyotlarda vaqtbay haq to’lash
shakli
birlamchi, ishbay haq to’lash shakli undan paydo bo’lgan hosila haq to’lash shakldir,
degan fikrni uchratish mumkin.
Mehnatga ishbay haq to’lash mehnat unumdorligining o’sishini va mahsulot miq-
dorini ko’paytirishni rag’batlantiradigan tizim hisoblanadi. Lekin, mahsulot ishlab chi-
qarishni ko’paytirishni rag’batlantirish ish beruvchida mahsulot
ishlab chiqarishni bel-
gilangan me’yorlarini ko’paytirish, mazkur texnika darajasi va qo’llanilayotgan texno-
logiya sharoitida topshiriq yoki rejani oshirish real zarurati bo’lgandagina ijobiy natija-
lar berishi mumkin. Agar erishilgan natijaga nisbatan ish sifatining ortishi va mahsulot
ishlab chiqarishning ko’paytirilishi ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy texnikaviy va tex-
nologik o’zgarishlar kiritgandagina mumkin bo’lsa, u holda mahsulot ishlab chiqarishni
ko’paytirish uchun ishbay haq to’lash tizimini qo’llanish oqilona hisoblanmaydi. Bildi-
rilgan fikrlarga ko’ra, ko’pincha ayrim ishlarda mehnatga haq to’lashning ishbay usulini
tatbiq etish mahsulot sifatining pasayishi, texnologik rejimlar va xavfsizlik texnikasi ta-
lablari buzilishiga yo’l qo’yiladi, shuningdek, xom-ashyo materiallar va energiya sarf-
lashda ortiqchalik hollari sodir bo’ladi. Bu hol ko’pincha ishchilar
har turli mahsulot
ishlab chiqarganda, ishlab chiqarish uchastkasida muayyan miqdorda yaroqsiz mahsulot
to’planib qolganda, sifatning yomonlashganligi yoki yaroqsiz mahsulot ishlab chiqaril-
ganligi aniqlanmaganda ro’y beradi.
Oddiy vaqtbay tizim xodimning ish haqini uning tarif
stavkasiga yoki haqiqatda
ishlangan vaqtiga qarab belgilaydi. Ana shunga muvofiq, tarif stavkalari: soatbay, kun-
bay, hamda, oylik stavkalar tatbiq etiladi.
Soatbay va kunbay tarif stavkalarini tatbiq etishda xodimning ish haqi miqdori qu-
yidagi formula bilan belgilanadi:
𝑈
𝑏=
𝐶
𝑡
∗ 𝑇
𝑞
bunda,
U
b
-vaqtbay haq to’lanadigan xodimning ish haqi (so’m);
C
t
-xodimning vaqt
birligidagi tarif stavkasi (so’m);
T
Dostları ilə paylaş: