Xulosa
Ish haqi to’g’risidagi turli xil nazariyalarni o’rganib quyidagi xulosalarga keldik.
Ish
haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga ularning mehnati
uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida
mehnat-
ning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuritila-
di.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini
yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasi-
dagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha
miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga
qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli
nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olin-
gan ‘ul summasi yoki ‘ul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga so-
tib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. O’z-o’zidan aniqki,
real ish
haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) bahosiga bog’liq.
Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga
to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari
mutanosibdir.
Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining miqdori
bilan; ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste’mol narxlari darajasi
bilan.
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli:
vaqtbay va ishbay shakllari
farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatning sifati va ishlagan vaqtiga
qarab to’lanadigan ish haqidir. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot
miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi
uchun miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yo’li bi-
lan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan
turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat
tarif tizimi yordamida
amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha,
ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat
sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Shu o’rinda yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarimizni
muxtasar qilib aytmoqchi-
mizki, mehnat haq to’lashda rag’batlantiruvchi vositalar rolini oshirish maqsadga muvo-
fiq:
- mehnat haqining qiymatini ishchi va xodimlar tomonidan bajariladigan ish faoli-
yatining samaradorligiga, unumdorligiga va sifatiga bog’liq qilib qo’yish kerak.
Shunday yo’l tutilsa, ishchi va xodimlar o’zlari bajaradigan
funksional vazifalari-
ning pirovard natijasidan bevosita manfaatdor bo’lishadi;
- mehnatga haq to’lashning konkret sharoitga mos ravishda amal qila oladigan tizi-
mini joriy etish zarur. Bunday tizim korxonaning iqtisodiy faoliyati yakunlarini hamda
alohida olingan har bir ishchi-xodimning umumiy ishga qo’shgan individual hissasini
inobatga olishga, shu bilan birga har bir ishchi-xodimning sof foydadan olishi mumkin
bo’ladigan ulushini aniqlashga imkon beradi;
- ishchi-xodimlarga bir xilda maosh to’lashdan voz kechilishi lozim;
- ishchi-xodimlarga ish haqi to’lash tizimini tashkil etish chog’ida mazkur tizimning
amal qilishi oqibat natijada ishchilar orasida nifoq tug’ilishiga olib kelmasligi lozimli-
gini e'tiborga olib ish tutish maqsadga muvofiqdir.