Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 103,05 Kb.
səhifə1/9
tarix21.06.2023
ölçüsü103,05 Kb.
#133636
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI

Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi


Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
182-guruh talabasi
Sheripboyeva Saodatning
Maktabgacha pedagogika” fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Tarbiyachi mahorati.
Bajardi: Sheripboyeva Saodat
Ilmiy rahbar: Erjonova Saboxon
URGANCH – 2020

MUNDARIJA


KIRISH 3
I BOB. TARBIYACHI MAQOMI VA PEDAGOGIK QOBILIYAT 6
1.1.Pedagogik qobiliyat zaruriyati va mohiyati 6
1.2. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari 9
1.3. Zamonaviy tarbiyachi va unga qo’yiladigan talablar. 15
II BOB. TARBIYACHI MAHORATINI SHAKLLANTIRUVCHI UMUM PEDAGOG ASOSLAR. 22
2.1. Tarbiyachi mahoratiga ta'sir etuvchi omillar. 22
2.2. Tarbiyachi mahoratining muloqot qobiliyatiga bog’liqligi. 27
XULOSA 34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 35


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rnini izohlab, Yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa o‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi o‘rni beqiyosdir. Xususan, mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. Har qanday ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’lim- tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Ko‘pchilik yosh o‘qituvchilarda, ta’lim berish mahoratiga qaraganda tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta buning ob’ektiv sabablari bor: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish, axloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tarbiyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun doimo ziddiyatlarga va tasodifiy hodisalarga boy. Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Kurs ishining maqsadi: Tarbiyachi qobiliyatini shakllantiruvchi umumpedagogik metodlarini aniqlash pedagogik qobiliyatni egallash usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish bo’yicha aniq tavsiyalar berish.

Yüklə 103,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin