Pedagogik qobiliyatlar tarbiyasi birinchi bo’lib, XIX asr o’rtalarida paydo bo’ldi.Desterverg 1-chi bo’lib pedagogik qobiliyat, persteptiv qobiliyatlar haqida gapirib bu masalaga e’tiborini qaratdi.U pedagogik qobiliyatningkuchiga, pedagogik taktga va qat’iy erkinlikka e’tibor berdi. U o’qituvchining bilim orttirishlik qobiliyati tushunchasini ilggari surdi. So’ngra XIX asrning 2-chi yarimida P.G.Redkin “ahloqiy qobiliyat” tushunchasini ilgari surdi.Bu fikrni K.D.Ushinskiy davom ettirdi.U “Odamni tarbiyaning eng asosiy yo’li ishontirishdir,odamning e’tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta’sir qilish mumkin”deydi. L.N.Tolstoy:”Tarbiyalashning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira tuxtamay o’zlarini tarbiyalay bilishlari kerak”,degandi. A.S.Makarenko o’z tajribasiga asoslanib, “agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa,u o’ziga nisbatan talabchan bo’lsa,u yaxshi pedagog bo’lishi mumkin”, deydi. Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo’lib, bir tekisda bo’lmay, biri yuqori,biri o’rta quyi darajadan ibortdir. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur.Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib,katta natijaga erishadi.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyatlar - odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, malaka, ko’nikma, ortirish shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi, lekin bu xususiyatlarning o’zi bu bilim, malaka va ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Masalan, ikkita bola institutga kirmoqda deylik. Ulardan biri test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tdi, ikkinchisi o’tolmadi. Bunda ulardan birining qobiliyati ortiq degan xulosaga kelib bo’lmaydi. Bilim orttirishdagi muvaffaqiyatning faqat bir o’zi bilan qobiliyatni aniqlab bo’lmaydi. Qobiliyatlar bilim, malaka, va ko’nikmalarini egallashda namoyon bo’lsa ham ular bilim, ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydilar.
Odamning qobiliyatlari bilim va ko’nikmalarni egallash uchun faqat imkoniyat hisoblanadi. Bu bilim va ko’nikmalar egallanadimi yoki yo’qmi, bo’larning hammasi, juda ko’p sharoitlarga bog’liqdir. Bolada namoyon bo’lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo’lishiga kafil bo’la olmaydi. Bolaning musiqachi bo’lishi uning unga maxsus ta’lim berilishi, qatiylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa sharoitlar bo’lishi kerak. Bo’larsiz qobiliyat taraqqiy etmay, so’lib ketishi ham mumkin. o’quvchida hali zaruriy ko’nikma va malakalar sistemasi hamda mustahkam bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi bo’ladi. Bolalik paytida ma’lum qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik shu qobiliyat tufayli shon shuhrat topgan odamlar ko’p.
Qobiliyatlar faoliyatining muhim komponentlari bo’lishi bilim, malaka, ko’nikmalar bilan aynan bir narsa bo’lmasa-da, ular bir-birlari bilan bog’liqdir. Qobiliyatlar bilim, malaka, ko’nikmalarning o’zida ko’rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi, ya’ni boshqacha aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez va chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon bo’ladi. Xuddi shu erda yuzaga chiqadigan fikrlar bizga qobiliyatlar haqida gapirish huquqini beradi.
Demak, qobiliyatlar shaxsning (qobiliyatini) faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individualpsixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma’lum sifatlari yig’indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig’ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bop deb xulosa chiqarishga asos bo’ladi. Agar boshqa bir odat bo’lgan shunday holatlarda faoliyat talablariga javob bera olmasa, unday paytda bu unga tegishli psixologik sifatlar boshqacha ayttanda qobiliyaglar yo’q deb faraz qilishga asos bo’ladi. Bunday odam kerakli ko’nikma va bilimlarni umumiy egallab olmaydi degan xulosaga borilmaydi. Bo’larni egallash jarayoni cho’zilib ketadi, pedagogdan ko’p kuch va vaqt sarflashni talab qiladi.
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste’dod deb ataladi. Iste’dod deb odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Iste’dod mahoratning dastlabki sharti bo’lib, lekin mahoratning o’zidan ancha o’zoqdir. Mohir usta bo’lmoq uchun juda ko’p ishlash kerak. Iste’dod mehnatdan ozod qilmaydi, balki katta, ijodiy va zur mehnatni taqozo qiladi. Iste’dodli kishilar shubhasiz mehnat orqali olamga mashhur bo’lgan mahorat darajasiga erishganlar. Haqiqiy mahorat inson iste’dodining faoliyatida nomayon bo’lishidir.
Qobiliyatlar murakkab strukturaga ega bo’lgan psixik sifatlar yig’indisidan iboratdir. Qobiliyat sifatida namoyon bo’ladigan psixik sifatlar yig’indisining strO’qturasi oqibat natijasida konkret faoliyat talabi bilan belgilanadi va har xil turdagi faoliyatlar uchun turlicha bo’ladi, endi shulardan pedagogik qobiliyat va uning to’zilishini ko’rib chiqamiz.
Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi pedagogik mahoratga erishish uchun o’qituvchida quyidagi qobiliyat turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab etishtirilmog’i lozim. Bilish qobiliyati, ko’zatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, tashkilotchilik qobiliyati, obru orttira olish qobiliyati, to’g’ri muomala qilish qobiliyati, kelajakni ko’ra bilish qobiliyati, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. Bu pedagogik qobiliyatlar shaxsning aqliy tomonini ham, emostional - irodaviy tomonini ham xarakterlab beradi. Bu sifatlarning hammasi bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, bir-biriga ta’sir etadi va bir bugunlikni hosil qiladi.