Tuxtamatova Muyassar 20 b –guruh Ga…



Yüklə 16,89 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü16,89 Kb.
#187116
  1   2
Tuxtamatova M 20 Bshe\'r tahlili


Tuxtamatova Muyassar
20 B –guruh
Ga….
Esimdadir ajib dam hali:
Koʼz oldimda boʼlding namoyon,
Pok goʼzallik dahosi kabi,
Bir lahzalik xayol, tushsimon.

Gʼam-alamdan dilim yonganda


Tushlarimda koʼrdim chehrangni,
Hayotdagi boʼm-boʼsh suronda
Kelib turdi tovshing jarangi.

Yillar oʼtdi. Isyon boʼroni


Xayollarim sovurdi dildan.
Va unutdim dilbar sadongni,
Oʼchdi aziz chehrang yodimdan.

Quvgʼinlikning changida nursiz


Gʼamga toʼlib kunlarim botdi;
Xudo, ilhom, koʼz yoshisiz,
Ishq, iztirob, hayotsiz oqdi.

Mana, qalbga oshno boʼldi nay,


Koʼz oldimda boʼlding namoyon,
Goʼzallikning sof parisiday,
Bir lahzalik ajib tushsimon.

Ruhim yana uygʼondi bu dam,


Yana unda tirildi najot;
Yana dilda xudo va ilhom,
Koʼz yoshi-yu muhabbat, hayot.
Zulfiya tarjimasi.
1. She'rning muallifi va nomi.
,,Ga’’’’’ Aleksandr Sergeyevich Pushkin she’ri .
Pushkin Aleksandr Sergeyevich [1799.26.5 (6.6), Moskva - 1837.29.1 (10.2), Peterburg] — rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich kadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qo‘lida tarbiya ko‘rgan habash — A.P.Gannibalning nabirasi bulgan. Pushkinda nafis so‘zga mehr-muhabbatning paydo bulishida rus xalq qo‘shiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan enagasi Arina Rodionovnaning ta’siri, ayniqsa, kattadir. Pushkinning dastlabki she’rlari 1913 yilda matbuot yuzini ko‘rdi. U litseyda o‘qib yurgan kezlarida 120 ga yaqin she’r va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Pushkinning rus madaniyati takdiridagi roli benihoya buyuk. U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining ham shakllanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillarining, qator she’riy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas boglik,. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat keyingi rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari san’at turlarining ham rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Boshqa qardosh adabiyotlar qatori 20-asr o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida ham Pushkin ijodining ta’siri sezilarlidir
U yozib qoldirgan asarlari:
„Erkinlik“ (1817),„Chaadaevga“ (1818)„Qishloq“ (1819)„Hanjar“ (1821)„Qur’onga taqlid“„Andrey Shene“„19-oktabr“„Stenka Razin haqida qoʻshiq“„Sibirga maktub“„Armon“ kabi sheʼrlari„Ruslan va Lyudmila“„Kavkaz asiri“ (1820-21)„Aka-uka qaroqchilar“ (1821-22)„Boqchasaroy fontani“ (1823)„Graf Nulin“„Poltava“„Mis chavandoz“ (1833)„Gavriiliada“ (poema)„Yevgeniy Onegin“ (sheʼriy roman)„Buyuk Pyotrning habashi“„Boris Godunov“ (tragediya).


Yüklə 16,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin