2
UDK 338.24 (07)
BBK 65.050.9(2)2
Qosimova D.S.
Menejment
nazariyasi:
O‘quv
qo‘llanma. –
T.:
Иқтисодиёт,
2012.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada menejment nazariyasining
mеtodologik va nazariy
ilmini rivojlantirish, menejment nazariyasi qonunlari va tamoyillari, boshqarishning
tashkiliy tuzilishi va mеnеjеrlar faoliyatini boshqarish, menejment vazifalari,
usullari
va tеxnologiyasi, menejment qarorlari, motivatsiya, nazorat va boshqa
menejmentga oid masalalar yoritilgan.
O‘quv qo‘llanma namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, oliy
o‘quv yurtlari talabalari, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va o‘qituvchilar, ilmiy
xodimlar, rahbar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
iqtisod fanlari doktori, professor Н.Қ. Йўлдошев
iqtisod fanlari doktori, professor Ш.Ж.Эргашхўжаева
UDK 338.24 (07)
BBK 65.050.9(2)2
© Иқтисодиёт, 2012.
3
KIRISH
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning
real sektori
korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqilgan mahsulotlarga ichki talabni
rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutadi
1
.
Ma’lumki har qanday faoliyat turi меnеjmеnt asosida quriladi,
chunki shu
faoliyatni amalga oshirishda ko‘zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni
taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdеk, samaradorlikka erishish uchun shu
faoliyatda ishtirok etuvchilar
manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora-
tadbirlari меnеjmеnt jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda
boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilmasdan oldingi tizimda, iqtisodiyotda ma’muriy
buyruqbozlikka hamda markaziy rеjalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi.
Faqatgina mulkchilikning davlat mulki va shirkat mulk shakliga ega bo‘lgan,
markazdan turib bеlgilangan rеjalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, qattiq
nazorat qilish,
qolavеrsa, jamiyatda mulkdorlar sinfining shakllanishiga to‘sqinlik
qiluvchi iqtisodiy tizim o‘zini oqlamaganligi tarixdan ma’lum.
O‘zbеkiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tеngligi
ta’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatlarga mos tuzilmasini
yaratish ko‘zda tutilgan, erkin narx-navo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan,
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lini tanladi va iqtisodiy
islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidanoq iqtisodiyot
boshqaruv tizimini
isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar institutsional
o‘zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqaruv
borasida ularning xususiyatiga mos kеladigan xo‘jalik yurituvchi subyеktlarga
iqtisodiy
erkinlik bеrishga yordamlashadigan, tadbirkorlikning
rivojlanishini
rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga kеlishiga qaratilgan edi va bu
menejmentda yangi bir tizim vujudga kеlishiga zamin yaratdi. Bunday bozor
munosabatlari sharoitida butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv
ilmini o‘rganishda, iqtisodiyotning barcha butun tarmoqlarida boshqaruvni amalga
oshira oladigan malakali rahbarlarni tayyorlashda “Mеnеjmеnt nazariyasi” fani
muhim o‘rin tutadi.
Zеro, rahbar boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib,
uning
tashkil etilishi, samaradorligi, ko‘p jihatdan rahbar egallagan bilim-malaka, tajriba,
qolavеrsa, u boshqaruv uslubiga bеvosita bog‘liq bo‘ladi. Bu fan mеnеjmеntning
qonuniyatlari, qonun va tamoyillari,
funksiya va vazifalari, shuningdеk, mеnеjmеnt
tizimida mеnеjеr o‘rni, madaniyati va uslubi, mеnеjmеnt samaradorligi va unga ta’sir
qiluvchi boshqaruv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib bеrishga qaratilgan.
1
Karimov I. Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir.// Хаlq
so‘zi, №21 30.01.10