Soliq nazoratini olib borishda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish



Yüklə 47,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü47,9 Kb.
#206187
  1   2   3   4
127-130



 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 20
Часть–4_ Май–2023
 
127 
2181-3187 
SOLIQ NAZORATINI OLIB BORISHDA TADBIRKORLARNING 
HUQUQLARI VA QONUNIY 
MANFAATLARINI HIMOYA QILISH 
MASALALARI
 
Idirisov Alisher Otajonovich, 
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo 
soliq inspeksiyasi katta inspektori
Kalit so‘zlar: 
Soliq ma’muriyatchiligi, soliq nazorati, soliq to‘lovchilarning 
huquqlari, soliq to‘lovchilarning haqligi prezumpsiyasi, soliq organlarining 
majburiyatlari.
Ключевые слова: 
Налоговая администрация, налоговый контроль, права 
налогоплательщиков, принцип презумпции правоты налогоплательщика, 
обязанности налоговых органов. 
Keywords: 
Tax administration, tax control, rights of Taxpayers, principle of the 
Presumption of the Taxpayer's Correctness, obligations of Tax Authorities. 
 
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishga doir huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash, ularning 
faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, yurtimizning investitsiyaviy iqlimini va 
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlar izchil 
tarzda olib borilmoqda. Aytishimiz mumkinki, tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirishni tartibga solishga oid amaldagi qonun-hujjatlarida barcha tadbirkorlik 
subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya 
qilinishi qonunchilikda mustahkamlangan. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda “Tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun 
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunga 
muvofiq yangi tahrirda tasdiqlangan bo‘lib, uning asosiy vazifalaridan biri 
tadbirkorchilik faoliyati bilan shug‘illanuvchi subyektlarning qonuniy manfaatlarini 
hamda huquqlarini himoyalashdan iboratdir. Ushbu qonunda tadbirkorchilik faoliyati 
bilan shug‘illanuvchi subyektlar huquqlarining kafolati hamda ular huquqlarini 
himoyalash har tomonlama mustahkamlab qo‘yilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 
tadbirkorlik subyektlarining davlat idoralari, jumladan nazorat qiluvchi hamda huquqni 
muhofaza qiluvchi idoralar, bundan tashqari bank muassasalari bilan bo‘ladigan 
munosabatlar jarayonida tadbirkorlarning huquqlari ustunligi prinsipiga amal qiladi
unga ko‘ra qonunchilikda tadbirkorlikni amalga oshirish jarayonlari bilan bog‘liq 



Yüklə 47,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin