ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 20
Часть–4_ Май–2023
130
2181-3187
Soliq idoralaridan soliqlar,
majburiy to‘lovlar hamda
soliqqa
doir
qonunchilikdagi
o‘zgarishlar
to‘g‘risida
axborotlarni
olishlari
mumkin edi
Barcha turdagi olinadigan axborotlar bepul bo‘lishi kerak.
Mazkur huquq quyidagilarni olish imkoniyati bilan to‘ldirildi:
- soliq hamda yig‘imlarni hisoblash va to‘lash
tartiblari
to‘g‘risidagi axborot;
- soliq hisoboti hamda arizalar shakllari;
- soliq hisoboti hamda arizalarni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida
tushuntirishlar
Soliq to‘lovchi
tekshiruv
natijalari bo‘yicha qaror
qabul
qilishda ishtirok eta
olmasdi
Endi soliq to‘lovchi tekshiruvlar materiallari bo‘yicha qaror
qabul qilish jarayonida ishtirok etishi mumkin. Demak, o‘z
pozitsiyasini ifoda etishi va qo‘shimcha hujjatlar
taqdim etishi
mumkin
Soliq
to‘lovchi
o‘z
manfaatlarini shaxsan yoki
o‘zining vakili orqali ifoda
etishi mumkin edi
Soliq to‘lovchining vakili sifatida soliq maslahatchilari
xizmatidan foydalanish huquqi qo‘shildi
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni
tartibga solishga oid amaldagi qonun-hujjatlarida barcha tadbirkorlik subyektlarining
huquqlari hamda qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi, shuningdek
tadbirkorlar faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari
qonun-xujjatlari bilan kafolatlangan.
Fikrimizcha, soliq nazorati tadbirlari amalga oshirilayotganda
Soliq kodeksi
hamda boshqa qonunchilik normalarida belgilab qo‘yilgan qoidalarni buzgan tarzida
tadbirkorlik subyekti haqidagi axborotni to‘plash, uni saqlash,
bundan foydalanish
hamda uni tarqatishga, shu bilan birga soliq sirini oshkor etishga yo‘l qo‘yilmasligi
yuzasidan qoidalar amaldagi Soliq kodeksining soliq nazoratini tartibga solib turuvchi
tegishli moddalarida aks etishi lozim deb hisoblaymiz. Bu masala soliq tekshiruvlari
jarayonida tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining
ximoya qilinishi
qonunchilik bilan yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi bilan o‘z ahamiyatiga
egadir.