Soliq nazoratini olib borishda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 47,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü47,9 Kb.
#206187
1   2   3   4
127-130

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 20
Часть–4_ Май–2023
 
129 
2181-3187 
Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini va huquqlarini himoyalash 
bo‘yicha vakili instituti joriy qilindi. Tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari va 
huquqlarini himoyalash bo‘yicha vakilning faoliyat yo‘nalishlari hamda asosiy 
vazifalari sifatida tadbirkorchilikni rivojlantirish, tadbirkorlarning huquq va manfaatini 
himoyalash sohasidagi davlat olib borayotgan siyosatini shakllantirish hamda uni 
amalga oshirishda faol ishtirok etish, davlat idoralari, jumladan, nazorat idoralari va 
huquqni muhofaza etuvchi organlar tomonidan tadbirkorlarning qonuniy manfaatlariga 
va huquqlariga rioya qilinishi bo‘yicha nazoratni amalga oshirib borish, 
tadbirkorlarning faoliyati tekshirilayotganida esa ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash kabilar ko‘zda tutilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat 
tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonun 16-moddasida tekshirilayotgan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning huquqlari belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston 
Respublikasining 2020-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilgan Soliq kodeksi 135-
moddasi ham soliq to‘lovchilar haqida qonun talablarini buzib olingan hujjatlar yohud 
boshqa axborotlar mazkur shaxslarni soliq sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir 
etganlik yuzasidan turli javobgarliklarga tortilishiga asos sifatida xizmat qilishi 
qonunan mumkin emasligini ko‘zda tutadi. Demak, xulosa qilishimiz mumkinki Soliq 
kodeksida bu kabi qoidalarning qat’iy belgilab qo‘yilishi soliq nazorati jarayonida 
barcha tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlari himoya qilinishining 
kafolatlanganligidan darak beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi 
to‘g‘risida”gi Nizomda soliq to‘lovchilarning qonuniy huquq va manfaatlari nazarda 
tutilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, ushbu nizomning 3-bob, 17-bandida 
soliq tekshiruvlarini o‘tkazish jarayonlarida soliq to‘lovchi bo‘lgan tadbirkorlik 
subyektlari bir qator huquqlarga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Jumladan, soliq 
idorasi xodimining tekshirish bilan bog‘liq masalalarga aloqadorligi bo‘lmagan 
talabini bajarmaslik, tekshirishlar o‘tkazish jarayonida o‘z vakili bilan yoki shaxsan 
ishtirok etish va boshqalar shu kabi bir qator huquqlarini ta’kidlashimiz o‘rinlidir.

Yüklə 47,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin