Noaniqlik va tavakkalchilik
Abduraxmonov Shahzodxo'ja
Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qabul
qilish metodologiyasi
Boshqaruv faoliyati amaliyotida qaror qabul qilishda(QQQ) ayrim holatlarda kutilmagan holatlar paydo bolib, ular tezkor va noordinar harakatlarni taqazo eta-
di va bu harakatlar malum bir noaniqlik va xavf (risk) bilan nomoyon boladi.
Shunday vaziyatlar va u bilan bogliq bolgan risklar oshkor va oshkormas xarakterda bolib, ular kelib tushayotgan malumotlarga bogliq boladi. Bunday holatlarda
Muammo yechimlaridan (alternativa) eng maqbul yechimni (eng yaxshi, optimal) tanlashda yechim tanloviga va sifatiga tasir korsatuvchi tashqi holatlarni inobatga olish kerak boladi.
Quyida bu sharoitlarda QQQ jaryoni bilan qisqacha tanishib otamiz.
Mutloq noaniqlik sharoiti
Bu sharoitda mumkin bolmagan tashqi holatlar aniq bolmaganligi sababli, alternativalarni baholab bolmadi. Shu sababli mutloq noaniqlikdan noaniqlik sha-
roitiga otish kerak boladi, yani barcha mumkin bolgan tashqi holatlarni aniqlash
va alternativalarni tashqi holatlarga mos baholash darkor boladi.
Noaniqlik sharoiti
Tashqi sharoitning ehtimolini obektiv baholash imkoniyati yoqligi sababli
bunday sharoitda QQQ (tanlov amalga oshirish) qaror qabul qiluvchi shaxsning
(QQQSh) qarashlari va subektiv bahosiga asoslangan boladi. Subektiv baho oz
navbatida shaxsning tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslana-
di.
Noaniqlik sharoitida oxirgi qarorni qabul qilish rahbar qolida bolib, rah-
bar muammo yechimini izlashda jamoa bilan, ekspertchilar va boshqa mutaxassislar
bilan muhokamalar otkazishi mumkin. Bunda rahbarning mummoni yechishda qanday evristik usullarni qollay bilishiga ham bogliq boladi. Noaniqlik sharoiti kop hollarda tez ozgaruvchi holatlar, yani ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va kop vaqt
talab qiladigan sohalarda uchrab turadi.
Noaniqlik paydo bolishiga sabablar:
Vaziyatdagi element va obektlar sonining kopligi;
Texnik, ijtimoiy va boshqa sabablarga kora malumot cheklanganligi yoki
notogriligi;
Aniqlik uchun malumotning juda qimmatligi;
QQQShning kasbiy tajriba va mahorati kamligi;
QQQda cheklanishlar mavjudligi, masalan, vaqt tanqisligi;
Jarayonga tashqi vaziyat yoki raqobatdoshning hatti-harakati tasiri.
Demak, noaniqliklikni bartaraf etish uchun
Bor malumotni chuqurroq taxlil etish;
Toliqroq tahlil uchun yetishmayotgan malumotni qolga kiritish kerak.
Noaniqlikdan tavakkalchilik sharoitiga otish
Ayrim hollarda masala noaniqlik darajasini kamaytirib, tavakkal sharoi-
tiga keltirish bilan yechiladi. Bunga quyidagi savollarga javob izlash bilan eri-
shiladi:
Mavjud noaniqlik darajasi qanchalik katta?
Noaniqlik darajasini kamaytirish uchun nima qilsa boladi?
Noaniqlik darajasini kamaytirish xarajatlari qanday?
Tavakkalchilik sharoiti
Tavakkal sharoitida mumkin bolgan tashqi holatlarning ehtimolini baholash
mumkin bolib, QQQShning tashqi holatlarini qay darajada aniq va togri baho-
lay bilishga bogliq boladi. Faqat hisob natijalargina emas, balki QQQShning
tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslanish kerak.
Tavakkal klassifikatsiyasi
Tavakkal korinishlarining soni va turi kop bolib, ularni quyida keltirilgan
jadvaldagi kabi turkumlarga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |