Mavzu: Basketbolda topniboshqarishning texnik usullarga orgatish
Basketbol o‘yinida besh kishidan iborat ikkita jamoa ishtirok etadi. O‘zaro raqib hisoblangan har bir jamoaning asosiy vazifasi — bir-birlarining savatiga iloji boricha ko‘proq to‘p tashlash. O‘yin chog‘ida qaysi jamoa o‘yinchisining qo‘liga to‘p tushsa, o‘sha jamoa, o‘z o‘yinchilari bilan raqibiga qarshi hujumga o‘tishga haqli. Bordi-yu, jamoa qo‘lidagi to‘pni yo‘qotib qo‘ysa, u barcha 5 o‘yinchisi bilan himoyaga o‘tadi.
Basketbol maydoni va uning o‘lchamlari haqida Basketbol maydonining markaziy chizig‘i ikki tomonni, ya’ni jamoangizni hujum va himoya zonalariga ajratib turadi. Maydonning yarim halqadan boshlab markaziy chiziqqacha raqibning oldingi zonasi hisoblanib, ikkinchi yarmi sizning himoya zonangizdir. Basketbol maydonining jarima to‘pi tashlanadigan qismi 3 soniyalik zona deyiladi yoki chegaralangan zona deb ataladi.
O‘yin chog‘ida tezlik bilan oldinga chiqishlar, birdaniga yon tomonlarga burilib to‘xtab qolishlar, to‘pni bir holatdan boshqa holatga o‘tkazib, to‘satdan uni sherigiga uzatib yuborishlar, o‘zi tezlik bilan bo‘sh joyga chiqib, yana o‘sha to‘pni ilib olib savatga otishlar yoki himoya to‘siqlariga uchrab to‘pni qaytarib berishlar ungagina xosdir.
Òrapetsiyaning pastki uch burchagidan tortib birinchi kalta chiziqqacha 1 m 80 sm, qolgan chiziqchalar esa 90 sm oralig‘ida bo‘ladi. Maydonning o‘rtasidagi doira markaziy chiziq hisoblanib, uning aylanasi 1 m 80 sm dan iborat. Basketbol o‘yinini boshlash doimo shu markaziy doiradan, ya’ni hakamning ikki jamoa o‘yinchilarining o‘rtasidan to‘pni tepaga otib berishdan boshlanadi.
Mashg‘ulotda amal qilinadigan asosiy qoidalar Mashg‘ulot boshlanishidan oldin tayyorlov mashqlarini bajaring, tanani qizdiring, qo‘l panjalarini qisibyozing, kaftlarni aylantiring, silkiting va hokazo. Keyin oyoq uchlarida, tovonlarda, so‘ng oyoqlarni keng va dadil oldinga, yonga tashlab yuring. Ilonizi qilib yuring, to‘siqlardan oshib o‘ting, aylanib o‘tishlarni, tez harakatlar bilan yugurishlarni, to‘satdan oldinga engashib o‘tishni, to‘xtashlarni, yugurishni o‘zgartirib yurishlarni va ishoraga ko‘ra bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa sakrab o‘tishlarni