kishining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi
Professor E.G’ozievning "Umumiy psixologiya " darsligida iroda:
tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarilishidir
Irodaviy harakatlar bosqichlari :
Maqsad va unga erishishiga intilish
Maqsadga erishish imkoniyatlarini topish
Motivlarni paydo bo'lishi va imkoniyatlarni mustahkamlash.
Motivlar kurashi va tanlash.
Biror fikrni qabul qilish
Qabul qilingan qarorni amalga oshirish
Irodaviy harakatga xos xususiyatlar?
Irodaning nerv-fiziologik asoslari
Irodaviy ya'ni ixtiyoriy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to’la ongli harakatlar bo’lgani uchun bosh miya po’stlog’ida yuzaga keladigan optimal qo’zg’alish manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi.
Maqsad nima?
Maqsadning hosil bo`lishi:
Maqsad
Harakat
Tilak istak
Havas
Ehtiyoj
Maqsadni va unga yetish yo’lini tanlash jarayonida unga ma'qul yoki noma'qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi. Maqsadni va unga yetishish yo’llarining ma'qulligi yoki noma'qulligini belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb ataladi. Inson irodaviy faoliyatining motivlari xilma-xildir, kishining intilishi va hohishlari qaysi ehtiyojlardan kelibchiqsa, avvalo shu ehtiyojlar ixtiyoriy motivlarga kiradi. Ma'lum maqsad va unga erishish yo’llarini tanlash ko’pincha biror ehtiyojning mazmuniga va ahamiyatiga bog’liq. Kuchliroq ehtiyoj boshqa motivlar orasida kuchliroq motiv bo’lishi mumkin.
Biron maqsad va bu maqsadni amalga oshirish yo’llarini belgilab beruvchi yoki belgilab bermovchi har qanday narsa harakatning motivi deb ataladi.
"Motiv - deb yozadi I.P.Ivanov - kishi nima uchun o’z oldiga boshqa bir maqsadni emas, balki aynan shu maqsadni qo’yishi kerak, nima sababdan u o’z maqsadiga erishmoq uchun boshqa bir yo’llar bilan emas, balki xuddi shu yo’l bilan harakat qilishi kerak degan savolga javobdir".
Ichki iroda nima? Tashqi iroda nima?
Shaxsning irodaviy sifatlari:
Maqsadga intiluvchanlik
Tashabbuskorlik
Intizomlilik
Dadillik
Qat'iyatlik
Printsipiallik
Mustaqillik
O'zini tuta bilish
Matonatlilik
Iroda nazariyalari:
XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o’tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo’lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi.
V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi.
U.Djeymsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g’oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir.
I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi:
a) iroda-bu shaxsning o’z faoliyatini va olamdagi o’zini-o’zi boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir;
v) iroda-bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o’zini ongli idora qilishlikdir;
g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi
Irodaning buzulishi:
Abuliya (yunon. Abule - irodani inkor etmoq) - eng oddiy, osongina masalalar bo’yicha ham ma'lum qarorga kelish qobiliyati yo’qligida namoyon bo’ladigan o’ta irodasizlik.
K.D.Ushinskiy : "qo’rquvni his qilmasdan xavf-xatarga o’zini uradigan kishi mard emas, balki eng kuchli qo’rquvni ham bosa oladigan va qo’rquv ta'siriga berilmagan, xavf-xatarni o’ylamaydigan kishi marddir".